www.ziyouz.com кутубхонаси
54
foyda!" degap badgumon bilan ikkinchi vojib yaxshilik bilan yomonlikni ketkazish amalini ham tark
etmasligi zarur. Shunda u faqat yomon amallar emas, har holda, yaxshi va yomon amali aralashgan
kishilar jumlasidan bo‘ladi.
Yaxshiliklarning gunohlarga kafforat bo‘lishi yo qalb, yo til, yo a’zolar orqali amalga oshadi.
Qilinadigan savob amal sodir etilgan gunohning o‘rnida va uning sabablariga bog‘liq bo‘lmog‘i lozim.
Alloh taologa tazarru qilib, mag‘firat va afv tilash qalb gunohiga kafforatdir. Kochoq quldek zalil
ahvolga tushgan banda o‘zgalarga seziladigan darajada nafsini xor tutadi, kibrni tark etadi. Axir, o‘zi
gunohi naqd bo‘ynida bo‘lgan qochoq qul bo‘lsayu, qanday kilib unda o‘zgalarga kibr bo‘lsin!
Shuningdek, gunohini anglagan kishida takabburlik ne qilsin? Endi u musulmonlarga yomonlikni
emas, yaxshilikni sog‘inadi, ibodatga bel bog‘laydi.
"Rabbim, o‘zimga zarar etdim, gunoh qildim, gunohlarimni mag‘firat et", deb zulmini tan olish
tilning gunohiga kafforat bo‘ladi. Bu xususda duolar va zikrlar kitobida ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan.
Toat va ibodatlarni ko‘paytirish, Alloh yo‘lida sadaqalar qilish a’zolarining gunohiga kafforatdir.
Xabarlarning dalolat qilishicha, kimki bir gunoh qilib, gunohining izidan ushbu sakkiz amalni davomli
ado etsa, gunohi afv etilishiga umid bor. Bu amallarning avvalgi to‘rttasi qalbga daxldor:
— tavbaga azm qilish;
— gunohdan uzoqlashishni yaxshi ko‘rish;
— gunohning oqibatidan qo‘rqish;
— gunohi mag‘firat qilinishidan umidvor bo‘lish. Qolgan to‘rttasi a’zolar amali:
— gunohdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish;
— yetmish marta "astag‘firulloh" deb Allohdan mag‘firat tilash va "SubhanAllohil azim va
bihamdihi" deyish;
— sadaqa qilish;
— bir kun ro‘za tutish.
Bu xususda yana shunday xabarlar ham vorid bo‘lgan:
Tahorat olish va masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qish (Abu Bakr Siddiqdan "Sunan" sohiblari
rivoyat qilishgan).
To‘rt rakat namoz o‘qish (Ibn Abbos roziyallohu anhudan Bayhaqiy rivoyat qilgan).
"Agar bir gunoh qilsangiz, unga kafforat bo‘ladigan bitta yaxshilik qiling. Maxfiy gunohga maxfiy
yaxshilik, oshkora gunohga oshkora yaxshilik kafforat bo‘ladi" (Muoz ibn Jabaldan Bayhaqiy rivoyat
qilgan).
Sahih xabarda kelishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedi:
— Men bir xotinga ilakishib, u bilan zinodan bo‘lak barcha ishni qildim. Menga Allohning hukmini
joriy eting, ey Rasulalloh. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Biz bilan bomdod namozini o‘qidingmi? dedilar.
— Ha.
— Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
(Muttafaqun alayh).
Bundan kelib chiqadiki, to ish zinogacha bormas ekan, bu ishlardan so‘nggi namoz kichik
gunohlarga kafforatdir. Payg‘ambarimizning so‘zlariga ko‘ra, besh vaqt namoz namozlar orasida sodir
bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir.
Xullas, bandasi barcha holatlarda har kuni o‘ziga hisob bermog‘i, yomonliklarni jamlab, ularni
yaxshiliklar vositasida yo‘qotishga harakat qilmog‘i lozim.
Shunday savol tug‘ilishi mumkin:
"Gunohdar qaytmagan kishining istig‘foridan foyda bormi? Axir xabarda kelgan: "Gunohda bardavom bo‘laturib, gunohning kechirulishini so‘rashi, bamisoli, Allohning oyatlaaridan istehzo qilishga o‘hshaaydi" (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Olimlardan biri aytgan ekan: "Astag‘firulloh, degan so‘zim uchun Allohga istig‘for aytaman".
Yana aytiladi: "Til bilan istig‘for aytish kazzoblarning tavbasidir".
Robia al-Adaviya shunday deydi: "Biz aytgan istig‘forning o‘zi ko‘p istig‘forga muhtojdir..."
Bu savolga shunday javob beramiz. Bilgil, istig‘forning afzali to‘g‘risida haddan ziyod xabarlar
vorid bo‘lgan. Bu haqda "Zikrlar va duolar kitobi"da batafsil to‘xtalgan edik. Alloh taolo Qur’onda
istig‘forni va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hozir bo‘lishlarini bir maqomda qo‘yib zikr