ِفوُﺮْﻌَﻤْﻟﺎِﺑ َنوُﺮِﻣﻵا َنوُﺪِﺟﺎﱠﺴﻟا َنﻮُﻌِآاﱠﺮﻟا َنﻮُﺤِﺋﺎﱠﺴﻟا َنوُﺪِﻣﺎَﺤْﻟا َنوُﺪِﺑﺎَﻌْﻟا َنﻮُﺒِﺋﺎﱠﺘﻟا َو َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ِﺮِّﺸَﺑَو ِﻪﱠﻠﻟا ِدوُﺪُﺤِﻟ َنﻮُﻈِﻓﺎَﺤْﻟاَو ِﺮَﻜْﻨُﻤْﻟا ِﻦَﻋ َنﻮُهﺎﱠﻨﻟا ) ١١٢ ( "("Ular —)
tavba qiluvchilar (Allohning o‘ziga) i
bodat qiluvchilar, shukr qiluvchilar, ro‘za tutuvchilar, ruku’-sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Alloh belgilab qo‘ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qiluvchi (mo‘minlar)
dir" {Tavba surasi,
112) oyatini o‘qib, degan edi: "Kimki Alloh taoloning ushbu oyatida zikr qilingan sifatlarga ega bo‘lsa,
u habibdir". Yana deydi: "Habib habibi yomon ko‘rgan narsadan uzoqlashadigan kishidir".
Tavbada ikkita samara bor.
Birinchisi, tavbaning gunohlarga kafforat bo‘lishidir. Hatto tavba qiluvchi kafforat yo‘li bilan
gunohdan to‘la poklanishi mumkin. Ikkinchi samara tavba qiluvchining yuksak martabalariga
erishuvidir. Hatto u tavba bilan habib maqomiga yetishi mumkin.
Kafforat ham bir necha darajalarga bo‘linib, ba’zisi gunohni to‘la o‘chiradi, ba’zisi uni qisman
yengillatadi. Kafforatlardagi tafovut esa, tavba darajalariga qarab farqlanadi.
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
56
Mushohada ahli va qalb egalari Alloh taoloning ushbu so‘zini shak-shubhasiz anglaydilar: