َنوُﺪَﻋﻮُﺗ ﺎَﻣَو ْﻢُﻜُﻗْزِر ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻲِﻓَو ) ٢٢ ( "Osmonda esa sizlarning rizqu ro‘zlaringiz va sizlarga va’da qilinayotgan narsa bordir" (Zoriyot surasi, 22).
Bunday ko‘rlik va zalolatdan Alloh asrasin! Bunday o‘ylash yuz-tuban yiqilish, jaholat
zulmatlarida adashishdan boshqa narsa emas. Ularning haqiqiy ahvoli Allohning ushbu so‘zlarida
mujassam:
ﺎَﻨْﻌِﺟْرﺎَﻓ ﺎَﻨْﻌِﻤَﺳَو ﺎَﻧْﺮَﺼْﺑَأ ﺎَﻨﱠﺑَر ْﻢِﻬِّﺑَر َﺪْﻨِﻋ ْﻢِﻬِﺳوُءُر ﻮُﺴِآﺎَﻧ َنﻮُﻣِﺮْﺠُﻤْﻟا ِذِإ ىَﺮَﺗ ْﻮَﻟَو َنﻮُﻨِﻗﻮُﻣ ﺎﱠﻧِإ ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ ْﻞَﻤْﻌَﻧ ) ١٢ ( "Agar siz u jinoyatchi kimsalarni Parvardigori huzurida boshlari egik holda turib: Parvardigoro, (va’dang rost ekanini)
ko‘rdik va eshitdik, bas bizlarni (hayotga)
qaytargin, yaxshi amal qilaylik (deyishlarini)
ko‘rsangiz edi" (Sajda surasi, 12). Lekin buning iloji yo‘q. Endi ularga
so‘ngsiz azob bo‘lajak.
Alloh bizni jaholatdan, yomon xotimaga eltuvchi shak-shubhadan saqlasin.
Tavba qiluvchi nimalarga shoshilmog‘i lozim? Bilgil, oldin eslatganimizdek, kichik yo katta gunohni atayin yoki bilmasdan sodir etgan kishiga
tavba qilish, nadomat chekish va gunohning ziddi — savob ish bilan gunohini yuvish vojib. Agar
shahvati g‘olib kelib, gunohni tark etishga nafsida azm uyg‘onmasa, ikkita vojibning bittasini
bajarishdan ojizlik qilgan bo‘ladi. Lekin u: "Bitta vojibni bajarmadim, keyingisini qilganimdan nima