Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
57
shaytonning tuzog‘iga ilinish, shaytonning hiylasiga aldanishdir. Bu tuzoqqa mag‘rurlar ilinadi. Ular 
o‘zlarni basirat sohibi, sir-sanoatdan xabardor fatonat ahlidan deb bilishadi. Istig‘forga o‘rgangan tilga 
istehzo bilan: "Qalb g‘aflatda ekan, tinimsiz istig‘for aytgandan ne foyda", deyishadi. 
Bunday hiylaga munosabat jihatidan xalq uch qismga bo‘linadi: 
— nafsiga zulm qilganlar; 
— muqtasidlar (o‘rtacha, me’yorida harakat qilganlar); 
— yaxshi ishlarga peshqadam bo‘lganlar. Yaxshiliklarda peshqadam kishi deydi: "Ey mal’un 
shayton! Sen to‘g‘ri gapirding. Lekin bu haq so‘zing bilan haqsizlikni iroda qilyapsan. Hechqisi yo‘q, 
men seni ikki karra azoblayman, burningni yerga ishqalayman: tilnim harakatiga qalb harakatini ham 
qo‘shaman, tilu dilim bilan istig‘for aytaman". Bu kishi shaytonning yarasiga tuz sepib davolayotgan 
odamga o‘xshaydi. 
Nafsiga zulm qilgan mag‘rur kishiga kelsak, u o‘zini qalbga xos nozik jihatlarni ilg‘aydigan zakiy 
sanab, manmansiraydi. Natijada uning qalbida xolisllik yo‘qoladi, tili zikrni tark etadi. Bu qilmishlari 
bilan shaytonga yordam beradi, g‘urur arqoniga osilib, tuban ketadi. Shu bilan shayton va u kishining 
orasida to‘la sheriklik hosil bo‘ladi. 
Muqtasid (o‘rtacha) kishi tilning harakatiga qalbni sherik qilishga qodir emas. U til harakati qalb 
harakatiga nisbatan zaif ekanini sezadi. Tili aytayotgan istig‘forga qalbini sherik qilishni istaydi. Shu 
yo‘lda kamolga yetish ilinjida hali qalbi uyg‘oq bo‘lmasa ham, tili istig‘forga mashg‘ul bo‘ladi. Chunki u 
zikrsiz sukutdan, behuda suhbatlardan tilning istig‘for aytishi afzalligini anglaydi. Shuning uchun 
muqtasid kishining tili doimo istig‘forda. U xayrli amallarni qilishda tili va qalbi birdek ishtirok etishini 
Allohdan so‘raydi. 
Yaxshilikda peshqadam kishini shunday tikuvchiga o‘xshatish mumkin: u tikishidan ayb topib
tikuvchilikni tashlagan va yozuvchi bo‘lgan. Nafsiga zulm qiluvchi zolim esa, bamisoli, tikuvchilikni 
butunlay yig‘ishtirib, farroshlikni tanlagan kishi kabidir. Muqtasid kishi, bamisoli yozishga qodir 
bo‘lmagan kishidir. U deydi: "Men tikuvchilikning yetakchi kasblardan biri ekanini inkor etmayman. 
To‘g‘ri, tikuvchilik yozuvchilikka nisbatan mavqeda past, lekin farroshlikdan yuqoridir. Men yozishga 
qodir emasman, shuning uchun tikuvchilik bilan mashg‘ulman". 
Robia al-Adaviya degan edi: "Biz aytgam istig‘forning o‘zi ko‘o‘p istig‘forga muhtoj". Bu o‘rinda til 
istig‘fori emas, qalb g‘aflati mazammat qilinyapti. Ya’ni u tilning harakati uchun emas, qalbning g‘aflati 
uchun istig‘for aytishga muhtoj. Mayli, qalb g‘aflatda ekap, agar til bilan ham istig‘for aytmasa, ikkita 
istig‘forga muhtoj bo‘lib qoladi. 
Bundan kelib chiqadiki, avvalo, nima mazammat qilinyotganini, nima maqtalayotganini anglab 
olmoq zarur. Aks holda, g‘oyat topib aytilgan ushbu so‘zning ma’nosini anglashda qiynalasan. Abror 
kishilarning savob amallari muqarrab kishilar uchun gunoh sanaladi. Negaki, bu ishlarning sobitligi 
kimgadir nisbatan olinadi. Shuning uchun toat yoki ma’siyatni garchi zarradek bo‘lsa ham, haqir 
sanamaslik lozim.
Ja’far Sodiq deydi: "Alloh taolo uchta narsani uchta narsa ichiga yashirdi: 
1) roziligini toatning ichiga yashirdi. Shunday ekan, ibodatlardan birortasini arzimas deb 
qaramaslik lozim. Balki, Allohning roziligi siz arzimas deb qarayotgan o‘sha ibodatdadir; 
2) g‘azabini gunohlar ichiga yashirdi. Shuning uchun, qandayligidan qat’iy nazar, gunohni kichik 
deb bilmaslik kerak. Balki, Allohning g‘azabi aynan o‘sha siz kichik sanayotgan gunohda yashirindir; 
3) do‘stligini (valoyatini) bandalar ichra yashirdi. Ollohning bandasini haqir ko‘rma. Balki, sen 
tahqirlayotgan banda Allohning do‘sti valiyullohdir". 
Ja’far Sodiq bu so‘zlariga yana qo‘shimcha qildi: "Alloh taolo ijobatni duoga yashirdi. Bas, duoni 
tark etmanglar! Balki, ijobat siz tark etgan duodadir". 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin