Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
23
qisiga bo‘linadi:
— kabiraligi shariatda ma’lum gunohlar;
— sag‘iralar
jumlasida sanalgan gunohlar;
— kabira yo sag‘iraligi ishtibohli bo‘lgan, hukmi noma’lum gunohlar.
Demak, gunohlarning qat’iy chegarasini yoki ularning sonini bilishga intilish mumkin bo‘lmagan
narsani xohlashdir. Chunki, buning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Men o‘nta yoki
beshta gunohi kabirani iroda qildim", deb aytganlari va ularni ajratib ko‘rsatganlari ashitilgan bo‘lishi
kerak. Lekin Payg‘ambar alayhissalom bunday demaganlar. Balki, ba’zi lafzlarda "gunohi kabiradan
uchtasi", "gunoh kabiradan yettitasi", deb aytganlari vorid bo‘lgan.
Shariat sanog‘ini bildirmagan narsaning sanog‘ini bilish mumkinmi?! Shariatda ba’zi
narsalarning aniqligi qasd qilinmaydi. Toki bandalar shu narsaga bo‘lgan e’tmborini kuchaytirsinlar,
doimo undan ogoh bo‘lsinlar. Masalan, odamlarning Qadr kechasiga bo‘lgan intilishlari kuchli bo‘lishi
uchun
"laylatul qadr"ning
vaqti aniq qilinmadi.
To‘g‘ri, gunohi kabiralarning jinslari va navlarini anmqlash mumkin.
Lekin uning zoti va haddini
aniqlashda faqat shubha va taxminlargapsha asoslanamiz. Guttohi kabiralarning eng kattasinm
bilamiz,
ammo eng kichik, gunohni bilishning iloji yo‘q. Shar’iy dalillar va basirat nuri ila
anglaymizki, shariatning butun maqsadi xalqni Alloh taologa
yaqinlik hosil qilishga, dmydori
saodatini topishga undashdir. Bunga yetishning yagona yo‘li
Alloh taoloni, uning sifatlarini,
kitoblarini, payg‘ambarlarini tanishdir. Alloh taoloning ushbu so‘zlari shunga ishoradir:
Dostları ilə paylaş: