Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
َنوُﺮُﻣْﺄَﻳ
 
ٍﺾْﻌَﺑ
 
ْﻦِﻣ
 
ْﻢُﻬُﻀْﻌَﺑ
 
ُتﺎَﻘِﻓﺎَﻨُﻤْﻟاَو
 
َنﻮُﻘِﻓﺎَﻨُﻤْﻟا
 
"Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandir. Ular yomonlikka buyuradilar
yaxshilikdan to‘xtatadilar" 
(Tavba surasi, 67). 
Izidan odamlar ergashadigan olimning gunohkor bo‘lishi, 
jumladan, ipakdan libos kiyishi, 
oltin egarli markabga minishi, sultonlarning shubhali molidan olishi, ularning huzuriga kirib turishi, ular 
haqida gapirganida, taraddudlanishi, inkor etish lozim bo‘lgan o‘rinlarda ham ularni ma’qullashi, 
dilozorlik qilishi, behuda bahsga chorlab, kimnidir tahqirlashni qasd etishi, faqat dunyoviy manfaat 
talabida ilm bilan mashg‘ul bo‘lishi ham kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablardandir. 
Negaki, ushbu gunohlarni qilayotgan olimga odamlar ergashadi. Vaqti kelib, u olim olamdan o‘tadi. 
Lekin uning yomonliklari bu olamda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bas, gunohlari o‘zi bilan birga
 
ketgan 
kishi naqadar baxtli!
 
Xabarda keladi: 
"Kim bir yomonlik paydo qilsa, o‘sha yomonlikning va unga amal qilganlarning gunohi zarracha 
kamaytirilmasdan yomonlikni paydo qilgan kishining zimmasiga yuklanadi" (Muslim rivoyati). 
Alloh taolo aytadi: 
 
ْﻢُهَرﺎَﺛﺁَو
 
اﻮُﻣﱠﺪَﻗ
 
ﺎَﻣ
 
ُﺐُﺘْﻜَﻧَو
 
"Ularning qilgan amallarini hamda
(qoldirgan) 
izlarini yozib qo‘yurmiz"
(Yosin surasi, 12). 
Oyatdagi "asar" (ya’ni qoldirgan izlari) lafzi o‘zidan keyin qoldirgan yomonliklarga ishoradir. 
O’tganlardan biri aytgan ekan: "Olim kishining adashishi misoli kemaga talofat yetishiday gap. 
Kemaga talofat yetsa, kema ham, ichidagi odamlar ham suvga g‘arq bo‘ladi". 
Isroiliyotda shunday xabar vorid bo‘lgan: "Bir olim kishi bid’at paydo qilib, odamlarni adashtirdi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
39
Keyin o‘ziga kelib, tavba qildi va ancha vaqt bu amalning islohi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Shunda Alloh 
taolo ularning payg‘ambariga vahiy nozil etib: "Unga ayting, bu gunohi o‘rtamizda bo‘lganida 
kechirardim. Lekin, bandalarimni adashtirib, jahannamga kiritgan kishini qanday kechiray?!" - dedi. 
Demak, olimlarning ahvoli o‘ta xatarli. Ularning zimmasida ikki vazifa bor: gunohni tark etish va 
gunohni berkitish. Ularga yuklangan gunohlar ikki hissa oshgani kabi, ularga ergashganlarning 
yaxshiliklariga qarab, savoblari ham ikki hissa ortadi. Agar olim dunyo bilan ziynatlanish va dunyoga 
berilishni tark etsa, quvvat bo‘lgudek ozgina taom bilan, eski bo‘lsa ham, pok kiyim bilan qanoatlansa
olim ham, avom ham unga ergashadi. Oqibat, ularning savobicha savob topadi. Aksincha, olim 
dunyoga ko‘ngil bersa, avom mukkasidan ketadi. Faqat sultonlar xizmatiga bel bog‘lab. haromdan 
boylik to‘plagan olimgina dunyo bilan faxr etadi. 
Xulosa shuki, mana shu tafsilotlar kichik gunohlarni katta gunohga aylantiradigan sabablarni 
bilishing uchun kifoya qiladi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin