Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
60
muhtoj bo‘ldilar. Olimlarning bu nuqsoni ommaviy tus olgan qalb xastaligi orasida ko‘rinmay qoldi. 
Hatto bu ularga tasalli bo‘ldi. Natijada olimlar xalqni chalg‘itdilar, dardni ziyoda qiladigan dorilarni 
ularga buyurdilar. Chunki, o‘ta halokatli bo‘lgan "hubb ud-dunyo" (dunyoni yaxshi ko‘rish) deb atalgan 
o‘lat chor tarafni egallagan edi. Bu dard tabiblarni ham to‘la mag‘lub qildi. Endi ular xalqni bu 
kasallikdan ogoh etishga qodir emas edilar. Nega? Chunki, o‘zlariga nisbatan haqli ravishda shunday 
gaplar aytilishidan cho‘chirdilar: "Sizga nima bo‘ldi? O’zingiz bu darddan qutulolmay turib, yana bizga 
undan qanday xolos bo‘lish yo‘lini o‘rgatmoqchimisiz?" 
Shu sababdan bu dard xalq orasida vabodek tarqaldi, emlash yo‘llari kesildi, xalq tabiblarini topa 
olmay, halokatga yuz tutdi. Tabiblar esa chalg‘itish, adashtirish fanlarini o‘zlashtiryash bilan mashg‘ul.
Koshki, ular nasihat qilmasalar — aldamasalar edi!
Koshki, ular isloh qilmasalar — buzmasalar edi!
Koshki, ular sukut qilsalar — gapirmasalar edi!.. 
Chunki, ular gapirsalar, ularning mav’izlarini eshitgan odamda dunyoga rag‘bat, qalblarda 
dunyoga moyillik kuchayadi. Bundam mav’izalarni tinglash quloqqa yoqimli, tabiat ham ularni oson 
qabul qiladi. Natijada, xalq bu va’z majlislaridan gunohlarga jur’atlangan va Allohning fazliga ishonchi 
o‘ta ortgan holda siljiydi. 
Qachonki, tabib nodon va xoin bo‘lsa, bemorni halokatga sudraydi. Chunki, uning dorisi zahar, 
davolash yo‘li undan ham battar. 
Qalb xastaligining davosi ikkita: xavf va rajodir (umid). Kimda faqat xavf ustivor bo‘lsa, dunyodan 
to‘la yuz o‘giradi. Toqat qilib bo‘lmas darajadagi yukni nafsiga ortib, hayotni unga tang etadi. Bu kishi 
xavf borasida haddan oshgan. Unga dinda rajo ham borligini eslatib, harakatlarini to‘g‘ri o‘zanga — 
mo‘tadil holatga qaytarish lozim. Shuningdek, xohlagani holda gunohlardan qaytmayotgan, qilgan 
gunohlarini ulug‘ sanab, ularning kechirilishidan noumid bo‘layotgan kishining shifosi ham shu: umid 
dorisi bilan muolaja qilinadi, tavbaning qabul bo‘lishiga umid uyg‘otiladi. Shunda u shifo topib, tavba 
sari qadam tashlaydi. Lekin gunoh dengiziga sho‘ng‘igan, bebosh, mag‘rur kishilarga rajo dorisini 
qo‘llab bo‘lmaydi. Bu, bamisoli, isitmasi chiqqan bemorga asal berganday gap. Nodon va 
ahmoqlargina bunga jur’at qiladi. 
Demak, tabiblarning buzilishi halokatga olib boruvchi bedavo darddir. 
Savol tug’ilishi mumkin: Voiz xolis bilan birga bo‘lishi uchun va’z yo‘li qanday bo‘lmogi kerak? 
Buni muxtasar izohlab bo‘lmaydi. Bilgilki, gunohdan tiyilmaslik, doim gunoh qilaverish — bir 
tugun. Bu tugunni yechishning va odamlarni gunohlarni tark etishga undashning to‘rt xil yo‘li bor. 
Birinchisi, 
gunohkor va osiylar qalbiga xavf soluvchi Qur’on oyatlarini zikr qilmoq. Shuningdek, 
tegishli xabar va asarlarni keltirmoq. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu 
so‘zlari kabi: "Tong otib, kun yorishgan har sahar, kun botib, shafaqlar yo‘qolgan har kecha borki, 
unda ikki farishta to‘rt xil ovozda bir-biriga deydi: "Koshki, bu xalq yaratilmasa edi!" Boshqasi deydi: 
"Koshki, ular yaratilganlaridan so‘ng nima uchun yaratilganlarini bilsalar edi!" Yana biri deydi: "Koshki, 
ular nima uchun yaratilganini bilganlaridan so‘ng, bilganlariga amal qilsalar edi!" (Daylamiy rivoyati) 
Ba’zi rivoyatlarda keladi: "Koshki, ular ilm majlisi qurib, bilganlarini bir-biriga eslatsalar edi", 
Boshqasi deydi: "Mayli, ular bilganlariga amal qilmagan ekan, koshki, qilgan amallariga tavba etsalar 
edi". 
Salaflardan biri deydi: "O’ng tomondagi farishta chap
tomondagi farishtaga amirdir. Banda 
gunoh qilib qo‘ysa, o‘ng tomondagi farishta chap tomondagi farishtaga: "Olti soat o‘tguncha gunohini 
yozmay tur", deb bugoradi. Agar banda tavba qilib, mag‘firat tilasa, gunohi amallar daftariga 
yozilmaydi. Agar istig‘for aytmasa, gunohi amallar daftariga bitiladi". 
Yana shunday deyiladi: "Qachonki, banda Allohga isyon qilar ekan, bu osiy bandaning oyog‘i 
ostidagi yer uni yutish uchun Allohdan izn so‘raydi. Tepasidagi osmon ham parcha-parcha bo‘lib, u 
osiy bandaning ustiga qulash uchun Ollohdan izn so‘raydi. Shunda Alloh taolo yer va osmonga deydi: 
"Bandamni tinch qo‘yinglar, unga muhlat beringlar. Chunki, uni sizlar yaratmadinglar. Agar 
yaratganlaringda edi, albatta unga rahm qilgan bo‘lardinglar. Balki, hali u Menga tavba qilar. Shunda 
Men uning gunohini mag‘firat qilaman. Balki, u qilmishini solih amal bilan yuvar.. Shunda Men uning 
yomonliklarini yaxshilikka almashtiraman". 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin