Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc


ِفوُﺮْﻌَﻤْﻟﺎِﺑ َنوُﺮِﻣﻵا َنوُﺪِﺟﺎﱠﺴﻟا َنﻮُﻌِآاﱠﺮﻟا َنﻮُﺤِﺋﺎﱠﺴﻟا َنوُﺪِﻣﺎَﺤْﻟا َنوُﺪِﺑﺎَﻌْﻟا َنﻮُﺒِﺋﺎﱠﺘﻟا



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 ِفوُﺮْﻌَﻤْﻟﺎِﺑ َنوُﺮِﻣﻵا َنوُﺪِﺟﺎﱠﺴﻟا َنﻮُﻌِآاﱠﺮﻟا َنﻮُﺤِﺋﺎﱠﺴﻟا َنوُﺪِﻣﺎَﺤْﻟا َنوُﺪِﺑﺎَﻌْﻟا َنﻮُﺒِﺋﺎﱠﺘﻟا
َو
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ِﺮِّﺸَﺑَو ِﻪﱠﻠﻟا ِدوُﺪُﺤِﻟ َنﻮُﻈِﻓﺎَﺤْﻟاَو ِﺮَﻜْﻨُﻤْﻟا ِﻦَﻋ َنﻮُهﺎﱠﻨﻟا
)
١١٢
(
 
"("Ular —) tavba qiluvchilar (Allohning o‘ziga) ibodat qiluvchilar, shukr qiluvchilar, ro‘za 
tutuvchilar, ruku’-sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar 
va Alloh belgilab qo‘ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qiluvchi (mo‘minlar)dir" {Tavba surasi, 
112) oyatini o‘qib, degan edi: "Kimki Alloh taoloning ushbu oyatida zikr qilingan sifatlarga ega bo‘lsa, 
u habibdir". Yana deydi: "Habib habibi yomon ko‘rgan narsadan uzoqlashadigan kishidir". 
Tavbada ikkita samara bor.
Birinchisi, tavbaning gunohlarga kafforat bo‘lishidir. Hatto tavba qiluvchi kafforat yo‘li bilan 
gunohdan to‘la poklanishi mumkin. Ikkinchi samara tavba qiluvchining yuksak martabalariga 
erishuvidir. Hatto u tavba bilan habib maqomiga yetishi mumkin. 
Kafforat ham bir necha darajalarga bo‘linib, ba’zisi gunohni to‘la o‘chiradi, ba’zisi uni qisman 
yengillatadi. Kafforatlardagi tafovut esa, tavba darajalariga qarab farqlanadi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
56
Mushohada ahli va qalb egalari Alloh taoloning ushbu so‘zini shak-shubhasiz anglaydilar: 
 ُﻩَﺮَﻳ اًﺮْﻴَﺧ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻤَﻓ
)
٧
(
 
"Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolchalik yaxshilik qilsa, (Kiyomat kunida) 
o‘shani ko‘rur!" {Zalzala surasi, 7). 
Darhaqiqat, zarra misqolicha bo‘lsa ham, yaxshilikdan iz qoladi, xuddi pallaga tushgan bir dona 
arpa ham tarozuga ta’sir qilgani kabi. Agar tarozudagi birinchi arpa tosh bosmaganida edi, xuddi shu 
hajmdagi ikkinchi arpa ham tarozuga ta’sir qilmagan bo‘lardi va pallaga qanchalik ko‘p arpa 
yuklanmasin, o‘lchov o‘zgarmay, bir xilda turaverardi. Lekin bunday bo‘lishi muhol. Bil’aks, zarracha 
yaxshilik bilan tarozuning savoblar pallasi og‘ir bosadi, yomonliklar qo‘yilgan pallasi yengil kelib, 
ko‘tariladi. 
Shunday ekan, ibodat zarra miqdor bo‘lsa ham, uni kichik sanama! Shuningdek, gunohning 
zarralari gunoh emas, deya qaytadan gunohga botma! Nodon bir xotmn ip yigirishga erinib, shunday 
so‘zlar bilan o‘zini oqlagan ekan: "Bir soatda atigi bitta ip yigirdim. Bu ip nima bo‘lardi, yarimta 
ko‘ylakka ham yetmaydi?" 
E voh! Bu xotin shu darajada nodonki, dunyo kiyimlari bitta-bitta ipdan jamlanib to‘qilishini, olam 
jismlari qanchalik ulkan bo‘lmasin. Zarra-zarradan yig‘ilishini anglamaydi... 
Demak, qalbdagi tazarru va istigfor aslo zoe’ bo‘lmaydigan mulk, Alloh huzuridagi yaxshilikdir. 
Qalbdagi bu mulkni, bu ilohiy ne’matni til zohir qilsa, ne baxt! Ammo, yuqorida aytilganidek, qalb 
tazarru va istig‘fordan g‘ofil qolib, yolvorish va istig‘for faqat tilda bo‘lsa, bu ishdan natija kam, albatta. 
Lekin, bizningcha, ayrim hollarda til istig‘fori ham savobdan holi emas. Deylik, bir musulmonni g‘iybat 
qilib yoki o‘zaro behuda gap sotib o‘tirgandan ko‘ra, tilning istig‘for bilan mashg‘ul bo‘lishi a’loroq 
emasmi? Mayli, o‘sha payt qalb g‘aflatda bo‘lsin, lekin til g‘iybatda emas, istig‘forda-ku! Hatto 
istig‘forsiz sukutdan qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan bo‘lsa ham, istig‘for aytmoq afzaldir. 
Shayx Abu Usmon Mag‘ribiydan shogirdi so‘radi: "Nega ba’zan qalbim g‘ofil bo‘la turib, tilim zikr 
va Qur’onga shoshadi?" Shunda shayx muridiga: "Allohga shukr et, a’zolaringdan birini — tilingni 
yaxshilikka buribdi, tilingni behuda so‘zlardan tiyib, zikrni uning odati qilibdi", degan ekan. 
Darhaqiqat, a’zolar savob ishlarga odatlansa, bu odat uning tabiatiga singib, shu tabiat bilan 
jumla gunohlarni daf qilish mumkin bo‘ladi. Tili istig‘forga o‘rgangan odam, yolg‘onni eshitgan zahoti: 
"Astag‘firulloh", deydi. Ortiqcha so‘zlashga odatlangan kishi esa xuddi shunday vaziyatda: "Odam 
ham shunchalik ahmoq bo‘ladimi, g‘irt yolg‘on gapiryapsan-ku!" deb boshlaydi so‘zini. Kimning tili 
Ollohdan panoh so‘rashga odatlangan bo‘lsa, yomonlik sabablari ko‘rina boshlashi bilan: "Na’uzu 
billah" (Allohdan panoh tilayman), deydi. Behuda, ortiqcha so‘zlarga o‘rgangan til esa: "Unga 
Allohning la’nati bo‘lsin", deb ikki so‘zining bittasida gunohga botadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin