www.ziyouz.com кутубхонаси
55
etadi:
َنوُﺮِﻔْﻐَﺘْﺴَﻳ ْﻢُهَو ْﻢُﻬَﺑِّﺬَﻌُﻣ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآ ﺎَﻣَو ْﻢِﻬﻴِﻓ َﺖْﻧَأَو ْﻢُﻬَﺑِّﺬَﻌُﻴِﻟ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآ ﺎَﻣَو ) ٣٣ ( "Modomiki, siz ularniig orasida ekansiz, Alloh ularnihargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emas" (Anfol, 33).
Ba’zi sahobalar aytishardi: "Biz uchun ikkita omonlik bor edi. Biri — Alloh rasulining oramizda
bo‘lishi. Bu omonlik ketdi. Lekin ikkinchi omonlik — istig‘for biz bilan birgadir. Agar u ham ketsa, halok
bo‘lamiz" (Termiziy rivoyati).
Bizningcha, "kazzoblar tavbasi" deb atalgan istig‘for qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan aytilgan
istig‘fordir. Bamisoli, inson odatiy tarzda
;
g‘aflat bilan "astag‘firulloh" degani kabi yoki do‘zax
eslanganida, qalb dahshatdan titrab, larzaga tushgani uchun emas, shuggchaki til uchida "na’uzu
billahi minha" (Alloh bizni undan saqlasin) degani kabi. Faqat tilning harakatidan foyda yo‘q. Ammo
bu harakatga Allohga yuzlangan qalbning tazarrusi, samimiy xohish, holis niyat va rag‘bat, mag‘firatni
yolvorib so‘rash ham qo‘shilsa, ana shunda bu amal gunohni ketkazishga salohiyatli bo‘ladi.
Binobarin, istig‘forning fazli haqida vorid bo‘lgan xabarlarni istig‘forning mana shu turidan deb
bilmoq lozim.
Tavba va istig‘forning darajalari bor. Agar yuksak darajalariga yetishga qodir bo‘lmasang, har
holda, avvalgi darajalari ham foydadan holi emas.
Shuning uchun Sahl Tustariy deydi: "Har qanday holatda bandasiga Mavlosi kerak. Bandaning
eng go‘zal holati har bir ishda Mavlosiga qaytmakdir. Agar banda isyon qilsa: "Yo Rabbim, o‘zing ayb-
gunohimni yop, odamlar oldida sharmanda bo‘lishdan saqla", deydi. Gunohdan so‘ng: "Ey Rabbim,
tavbamni maqbul ayla", deydi. Tavba qilgach, aytadi: "Ey Rabbim, meni gunohdan holi et!" Amalga
o‘tgach esa: "Yo Rabbim, amalimni qabul ayla", deydi".
Gunohlarga kafforat bo‘ladigan istig‘for haqida so‘ralganida, Tustariy dedi: "Istig‘forning avvali
istijobat (ijro), keyin inobat (afv tilab yolvormoq), keyin tavbadir. Istijobat - a’zolar amali. Inobat - qalb
amali. Tavba Mavloga yuzlanmakdir. Mavloga yuzlanmak xalqni tark etish bilan bo‘ladi. So‘ngra
ichidagi qusurlar uchun, ne’matni bilmagani va shukrni tark etgani uchun Allohdan mag‘firat tilaydi.
Mag‘firat qilinadi, Mavlosi huzuridan joy oladi. So‘ngra tanholikka ko‘chadi. Tanholikdan sabotga,
sabotdan bayonga, bayondan fikrga, fikrdan ma’rifatga, ma’rifatdan munojotga, munojotdan
musofatga (o‘zaro samimiyat), musofatdan muvolatga (do‘stlik), muvolatdan sirlashuvga o‘tadi.
Sirlashuv esa, muhabbatdir. Bu sifatlar bandaning qalbida mustahkam o‘rnashishi uchun mlm uning
ozig‘i, zikr quvvati, rizo zahirasi, tavakkul yo‘ldoshi bo‘lmog‘i lozim. Shunda u bandaga Allohning
nazari tushadi, Alloh uni Arshga ko‘taradi. Natijada uning maqomi arshni ko‘tarib turuvchilar maqomi
bilan barobar bo‘ladi".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Tavba qiluvchi Allohning habibidir", degan so‘zlari
xususida Tustariydan so‘ralganida, u: