Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
52
badbaxtligi g‘olib kelib, shahvatga bo‘yin egsalar, so‘nggi nafaslari taqdiri azaliyda bitilgan baxtiqarolik
bilan nihoyalanish xavfi bor. Zero, faqihlik talabida bo‘lgan kishi ta’lim mashg‘ulotlaridan o‘zini
qanchalik chetga tortsa, uning bu harakati taqdiri azaliyda unga johillik bitilganiga dalolat qiladi. Tokp
holat shu tarzda davom etar ekan, bu "faqih"dan nima umid qilish mumkin? Aksincha, unda fiqh
tahsiliga mayl kuchli bo‘lsa va butun vaktmni shunga sarflayotgan ekan. mana shu sabab uning
olimlar jumlasidan bo‘lishi azalda bitib qo‘yilganiga dalolatdir.
Shuningdek, oxirat saodati va oxiratdagi darajalarning savob va gunoh amallarga bog‘liqligi ham
taqdir hukmi bilan bo‘ladi. Xuddi, dard va sihat yeguliklar bilan oziklanish va dorilarni qabul qilishga
bog‘liq bo‘lgani yoki fiqhda munosib darajaga erishmoq tanballikni tark etib, davomli ravishda ilmini
chuqurlashtirishga bog‘liq bo‘lgani kabi.
Raislik, qozilik, ilmda peshqadamlik martabasiga uzoq vaqt fiqhni o‘rganmasdan, uning butun
sir-sinoatini o‘zlashtirib olmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, gunohlar tarkini
ko‘paytirmasdan va uzoq poklanishlarsiz oxirat mulkiga, uning ne’matlariga va butun olamlar Rabbiga
yaqinlik hosil qilishga erishib bo‘lmaydi. Pokiza bo‘lgan salim qalbgina bu martabaga yetadi. Butun
olamlar Rabbining ilohiy tadbiri ila hukmi azaliyda shunday bitilgan.
Alloh taolo aytadi:
Dostları ilə paylaş: