Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
59
har bitta aytgan so‘zlari haq, ularda na yolg‘on, na ixtilof bor. 
3. Bemor kishi tabibning ogohlantirishini eshitmog‘i lozim. Deylik, tabib bemorni mevalar 
iste’molidan qaytarar ekan, tabiiy ravishda bemorda mevalarni yeb qo‘yishdan cho‘chish xavfi paydo 
bo‘ladi. Xavf ko‘payib borgani sayin, zarardan himoyalanish kafolati ham ortadi. Buning dindagi qiyosi 
shunday: mo‘min kishi Allohning oyatlarini tinglaydi, taqvoga rag‘bat uyg‘otuvchi gunohlardan va kibr-
havoga ergashishdan ogoh etuvchi xabarlarga quloq tutadi. Oyat va xabarlar orqali qulog‘iga quyilgan 
har bir narsani tasdiq etadi. Tasdiq xavfni paydo qiladi, xavf sabrni kuchaytiradi. Sabr esa 
muolajaning oxirgi ustunidir. 
4. Bemor dardiga tegishli jihatlar xususida va nimalardan, qanday saqlanish lozimligi haqida 
tabibning aytganlarini diqqat bilan tinglamog‘i kerak. Chunki, tabib boshidanoq, qanday harakat va 
holatlar, qanday taom va ichimliklar zarar ekanini bemorga batafsil bildiradi. Muolajada barcha 
bemorlar bir xil narsalardan parhez qilishi shart etilgan. Shuningdek, bitta dardga dunyodagi hamma 
dorilardan davo izlanmaydi. Har illatni davolashning maxsus ilmi va dorisi bor. Buning dindagi misoli 
shunday: har bir banda dunyoda mavjud shahvat va gunohlarning barchasiga mubtalo bo‘lolmaydi. 
Balki, har mo‘minning o‘zigagina xos gunohi yo gunohlari bor. 
Shu bilan birga, mo‘min kishi bu ishlarning gunoh ekanini, ularning ofatlari va zarari miqdorini, 
ularga qay tariqa sabr etilishinm va qilingan gunohlar kafforati qanday bo‘lishini bilmoqqa muhtojdir. 
Bu ilmlar bilan din tabiblari, ya’ni payg‘ambarlar vorisi bo‘lmish olimlar shug‘ullanadilar. Osiy o‘z 
isyonini anglar ekan, tabibga murojaat etib, undan dori so‘raydi. Tabib kim? Albatta, ulamo. 
Qachonki, osiy o‘z qilmishining gunoh ekanini anglashga qodir bo‘lmasa, olim unga buni anglatishi, 
yo shahar, yo mahalla, yo masjid kabi ma’lum hududga mas’ul bo‘lmog‘i shart. Bu joy ahllarini doimiy 
ravishda din hukmlaridan xabardor etib turmog‘i, zararni haqiqiy foydadan, badbaxtlikni asl saodatdan 
farqlay bilishni o‘rgatib bormog‘i kerak. So‘rasa, javob beraman, deb tablig‘ni (dinni yetkazish) uzrsiz 
kechiktirish ulamoga yot tabiat. Odamlarning olim tomon borishlariga olimning o‘zi mutasaddidir. 
Negaki, olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Payg‘ambarlar qavmini jaholatga tashlab qo‘ymadilar. 
Balki, da’vatning ilk kunlaridan boshlab, xalq orasiga kirib, ularni haqqa chorladilar, hovlima-hovli 
gorib, odamlarni hidoyatga boshladilar. Chunki, qalbi xasta kimsalar o‘zlarining bemor ekanini 
bilmaydilar. Bamisoli, ko‘ziga oq tushgan kishi yonida oyna bo‘lmasa, to birov bildirmaguncha, 
ko‘zidagi oqni bilmagani kabi. 
Demak, bu vazifa barcha ulamoga farzi ayndir. Xuddi shu maqsadda sultonlar har bir qishloqqa, 
har bir mahallaga din faqihini tayin etmog‘i lozim. Negaki, xalq jaholatga botgan, farzandlar jaholat 
ichra dunyoga kelyapti. Ularni dinning asli va farmohlaridan xabardor qilmoq kerak. 
Dunyo bir bemorxona, yer ostida faqat o‘liklar, yer ustida esa, bemorlargina bor. Qalbi 
xastalanganlar jismi xastalanganlardan ko‘ra ko‘proq. Olimlar tabib. sultonlar esa, bemorxona 
boshqaruvchilaridir. Olimning muolajasini qabul qilmagan osiyni yomonlikdan tiyib qo‘yish sultonga 
topshiriladi. Xuddi, tabibning aytganiga itoat qilmaydigan yoki jinni bo‘lib qolgan bemorni o‘zi va 
o‘zgalarga yetadigan zarardan himoyalash maqsadida kishanlab qo‘yish uchun qarovchisiga 
yuborilgani kabi. 
Takror aytamiz: qalb xastaligi jism xastaligidan og‘irdir. Buning uchta sababi bor.
Birinchi sabab shuki, bemor o‘zining bemor ekanini bilmaydi.
Ikkinchi sabab, qalb xastaligining oqibati, jism xastaligi oqibatiga teskari o‘laroq, bu olamda yuzaga 
chiqmaydi. Jismoniy xastalikning oqibati esa, o‘lim ekani va inson tabiati undan qochishi kunday 
ravshan. Ammo o‘limdan keyingi narsalar insonga qorong‘u. 
Binobarin, gunohlarning oqibati qalbning o‘limi bilan natijalanadi. Lekin bu o‘limni bu dunyoda bu 
ko‘zlar bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Qilmishlarnning gunoh ekanini bilsalar-da, kamdan-kam inson 
gunohdan tiyiladi. Shuning uchun ularning qalb xastaligini Allohga havola etib, o‘zlari faqat badaniy 
xastaliklar muolajasi bilan band bo‘lib qolayotganini ko‘rasan. 
Ha, qalb xastaligi muolajasini butkul Allohga topshirib, badaniy xastalik muolajasida esa, zinhor 
Allohga tavakkul qilmayotganiga guvoh bo‘lasan. 
Uchinchi sabab, qalb xastaligining muolajasi og‘irdir. Bu xastalikni tabibsiz davolab bo‘lmaydi. 
Tabiblar kim? Albatta, olimlardir. Afsuski, asrimiz olimlarining o‘zlari xastalikka chalinib, o‘zlari davoga 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin