Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
64
deganlarini eshitganman: "Kimki odamlarning nafratiga sabab bo‘lsa ham, Alloh roziligini istasa, Alloh 
uni odamlarga muhtoj qilmaydi. Kimki odamlarning roziligi yo‘lida Allohning g‘azabi keladigan ishni 
xohlasa, Alloh uni o‘sha odamlarga topshirib qo‘yadi. Vassalom!" (Termiziy, Hakim rivoyati). 
Qara, Alloh rozi bo‘lsin, Oyisha onamiz xalqni boshqaruvchi hokimlarga yuzma-yuz bo‘ladigan 
ofatni qanday bildiryaptilar! Bu ofat nima? Xalqning rioyasini qilaman deb, ularning roziligini istash. 
Yana bir maktubda Oisha onamiz roziyallohu anho yozib yuborgan edilar: "Allohdan qo‘rq! 
Chunki, Allohdan qo‘rqsanggina, Alloh seni odamlarning yomonligidan saqlaydi. Agar sen 
odamlardan qo‘rqsang, odamlar seni Allohdan yetadigan bironta balodan qutqara olmas. Vassalom". 
Demak, har bir nasihatgo‘y nasihat so‘rayotgan kishining yashirin sifatlariga, uning ahvoli 
ruhiyasiga jiddiy e’tibor qilmog‘i lozim. Ana shunda uning diqqati munosib va muhim nuqtaga 
qaratilgan bo‘ladi. Chunki, shariatning barcha jihatlarini har bir kishiga tushuntirishning imkoni yo‘q. 
Qolaversa, nasihat so‘ragan kishiga hojati bo‘lmagan narsalarni gapirish vaktni zoe’ qilishdan boshqa 
narsa emas. 
Agar voiz butun jamoatga gapirsa yoki kimdir undan mav’iza qilishni so‘rasa-yu, u esa 
so‘rovchining botiniy holatini ilg‘ab ololmasa, nima qiladi?
Bilgilki, bunday vaziyatda butun xalq yoki ko‘pchilik ehtiyoj sezadigan umumiy mavzuda mav’iza 
qilinadi. 
Shariat ilmida oziqlar ham, dori-darmonlar ham bor. Oziqlar hamma uchun, doridarmonlar illat 
egalari uchun. Bitta misol: 
Bir kishi Abu Said Xudriyga:
— 
Menga nasihat qiling, — dedi. 
— Ulug‘ va qudratli zot Allohga taqvo qil! Taqvo barcha xayrning boshi. Nafsga qarshi jihodni 
mahkam tut! Jihod islomdagi rohiblikdir. Qur’on o‘qi! Tilovat sen uchun zamin ahli orasida nur, samo 
ahli orasida zikrdir. Faqat xayrni gapir, yo‘qsa, sukut qil! Shundagina shaytonni mag‘lub etasan, - dedi 
Abu Said Xudriy. 
Bir kishi Hasan Basriyga: "Menga nasihat qiling", - dedi. Shunda Hasan Basriy aytdi: "Allohning 
amrini aziz bil, Alloh seni aziz qiladi". 
Luqmon o‘g‘liga dedi: "Ey o‘glim! Tizzangni olimlar tizzasiga yaqin tut, ularning majlislarida bo‘l! 
Ular bilan mujodala qilma, nafratiga yo‘liqasan. Dunyodan nasibangni ol. Kasb etib topgan 
narsangaing ko‘prog‘ini oxirating uchun sarfla. Dunyodan butunlay yuz o‘girib, kimlargadir va 
kimlarningdir bo‘ynida yuk bo‘lib qolishdan saqlan. Tutgan ro‘zang shahvatingni sindirsin. Agar 
namozingga zarar yetkazsa, ro‘za tutma. Chunki, namoz ro‘zadan afzaldir. Ahmoqlar bilan 
hamsuhbat bo‘lma, ikkiyuzlamachilarga aralashma". 
Yana dedi: "Ey o‘g‘lim! Sababsiz kulma, maqsadsiz yurma, o‘zing uchun ahamiyati bo‘lmagan 
narsa haqida savol berma. O‘z molingni zoe’ etma, o‘zganing molini isloh et. Oxirat uchun hozirlagan 
amaling — o‘z moling, e’tiborsiz tark etgan amaling o‘zganing molidir. Ey o‘g‘lim! Kim rahmli bo‘lsa, 
rahmatga sazovor. Kim xomush bo‘lsa, omonlik unga yor. Kim xayrni gapirsa, davlatiga davlat 
qo‘shiladi. Kim yomonlikni desa, ma’siyat uzra ma’siyatga botadi..." 
Bir kishi Abu Hozimga: "Menga nasihat qiling", - dedi. "O’lim kelgan paytda g‘animat bo‘ladigan 
har bir ishni hozir qilib qol. O’lim kelganida, senga musibat bo‘ladigan har qanday ishdan uzoqlash", - 
dedi Abu Hozim. 
Muso alayhissalom Xizr alayhisalomga: "Menga nasihat qil", - dedi. "Tabassumli bo‘l, g‘azabnok 
bo‘lma! Manfaat yetkazuvchi bo‘l, zarar beruvchi bo‘lma. O’jarlikni tark et. Hojati bo‘lmagan yerga 
yurma, sababsiz kulma. Xato qilganning xatosini yuziga solib, izza qilma. O‘zingning xatolaringga 
yig‘la, ey Imronning o‘g‘li!" dedi Xizr alayhissalom. 
Bir kishi Muhammad ibn Karramga: "Nasihat qiling", - dedi. "Nafsing roziligi yo‘lida qanchalik 
harakat qilsang, seni yaratgan Zotning roziligi yo‘lida shunchalik harakat qil", - dedi unga Ibn Karram. 
Yana bir kishi Homid Lifofga: "Menga nasihat qiling, - dedi. "Qur’onni g‘iloflaganing kabi diningii 
ham g‘iloflab ol, ofatlar kiri yuqmasin", - dedi Homid Lifof. "Dinning g‘ilofi nima?" deb so‘radi haligi 
kishi. "Eng zarur narsalardan boshqasida dunyoni talab qilmaslik, eng zarur o‘rinlardan o‘zgasida ko‘p 
gapirmaslik, eng zarur vaziyatdan boshqa paytlarda xalqqa aralashib yurmaslik", - dedi Homid Lifof. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin