Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
kuni Odam alayhissalomga nido qilib: 
— Ey Odam, tur, jahannamiylar guruhini jo‘nat, deydi. 
— Ular qancha? — deb so‘raydi Odam alayhissalom. 
— Har mishtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta! 
Bu so‘zlarni eshitgan sahobalar qattiq g‘amga botdilar, kulish neligini unutdilar. 
Rasuli akram ashobida sodir bo‘lgan bu ahvolni ko‘rib: «Amal qilinglar, xushxabar 
beringlar! Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki, dunyoda siz bilan birga 
yana ikkita mahluq bor... 
— Kim ular, ey Allohning rasuli? deyishdi, 
— Ya’juj va Ma’juj, dedilar Rasuli akram. Qavm endi o‘ziga keldi. Rasululloh dedilar: 
— Amal qilinglar va xushxabar beringlar! Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga 
qasamki, Qiyomat kuni odamlar orasida sizlar tuyaning yonboshidagi holdek, otning 
tizzasidagi bo‘rtib, qavarib turgan yeridek ko‘zga tashlanasizlar» (muttafaqun alayh). 
 
 
Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi 
Tarozining qo‘rqinchi va xataridan voqif bo‘lding. Ko‘zlar tarozining tiliga qadalib 
qolgan: 
«Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana 
o‘sha (inson) rozi bo‘ladigan-orzu qiladigan xayotda bo‘lur. Endi kimning 
tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir! (Al-Qoria, 6-9 
oyat). 
Bilgil! Bu dunyoda nafsini hisob-kitob qiladigan, amallari, so‘zlari, laxzalarini shariat 
mezoni bilan o‘lchaydigan kishigina tarozining xataridan najot toladi. Umar roziyallohu 
anhu dedi: «Hisob berishingizdan oldin nafsingizni hisob-kitob qiling. Taroziga 
qo‘yilishidan avval amallaringizni torting» 
Nafsni hisobga tortish - o‘limdan oldin barcha gunohlardan holis tavba qilish, Alloh 
taolo farz etgan amallarni bajarishda qo‘yilgan nuqsonlarni o‘nglash, mazlumlar haqqini 
qaytarishdir. Kimki kimgaki tili, qo‘li, qal-bida yomon gumoni bilan ozor yetkazgan 
bo‘lsa, halollanib olsin, ya’ni o‘zi ozor bergan har bir mazlumni topib, uni rozi qilsin. Toki 
umrining oxirigacha qalbi pok bo‘lib, unda bironta mazlumning haqi, bironta ado 
qilinmagan farz qolmasin. Bunday insonlar jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Mazlumlar 
xaqini ado qilmay ketgan kishining ahvoliga voy! 
Ko‘z oldingga keltir: da’vogarlar xaqqini talab qilib, atrofini o‘rab olishadi. Kimdir 
uning qo‘liga, kimdir sochiga, kimdir yoqasiga yopishadi. Biri «menga zulm etding» 
desa, yana biri «meni so‘kding» deydi. Birovi «meni haqorat etding» desa, boshqa birovi 
«men yo‘g‘imda o‘zimga yoqmagan narsalar bilan meni eslading» deydi. 
Kimdir «menga qo‘shni bo‘lding, lekin qo‘shnichilikni buzding», desa, yana kimdir 
«men bilan muomala qilding, lekin aldading», deydi. Yana birovi «men bilan oldi-berdi 
qildingu, meni chuv tushirib ketding» desa, boshqasi «molning aybini mendan 
yashirding, bahosini ko‘tarib, yolg‘on so‘zlading» deydi. 
Kimdir aytadi: «Muhtojligimni ko‘rding, bilding, boy bo‘laturib, holimdan xabar 
olmading». Yana biri deydi: «Men mazlum edim. Zulmni mendan daf’ qilishga qodir 
bo‘laturib, zolimga yaltoqlik etding, uning istagiga yurding». 
Shunday ahvolda turganingda da’vogarlar senga tirnoqlarini botiradi, yoqangdan 
mahkam ushlab, haqlarini talab qiladi. Sen ularning ko‘pligidan o‘zingni yo‘qotgan holda 
hayratda qotasan: nahotki, umring davomida sen muomala qilgan kishilar ichida senda 
haqqi bo‘lmagan yoki sen g‘iybat, xiyonat etmagan yo masxaraomuz nazaring bilan 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin