Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
ikki yo‘l orasida bo‘lasan: yo senga aytiladi: «Dunyoda sodir etgan gunohiigni bekitdim
bugun uni kechiraman». Avvalgilaru oxirgilar havas qilgulik bu holdan boshing osmonga 
yetadi. Yoki farishtalarga aytiladi: «Bu yomon bandani ushlanglar, bog‘langlar. So‘ngra 
jahannamga uloqtiringlar. O’shanda yeru osmonlar sen uchun yig‘laydi. Bu yig‘i sening 
ulug‘ musibatingga, Allohning toatidan benasib qolib chekayotgan qattiq hasratingga
oxiratingni bebako va tuban bir dunyoga almashganingga munosib yig‘ingdir. 
 
 
Mezon - tarozining sifati 
Mezon ya’ni, amallar tortiladigan tarozi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisan? Ko‘z 
oldingga keltir: gunoh va savoblar bitilgan nomalar o‘ng va so‘lga sochilib uchadi, 
odamlar uch guruhga ajraladi. Birinchi guruh birorta savob amali yo‘q odamlardan 
iborat. Do‘zaxdan kop-kora bo‘yin chiqib, qush donni tergan kabi ularni teradi va 
barchasini yig‘ishtirib jahannamga uloqtiradi. Olov ularni komiga tortadi. Shunda: «Bu 
jahannamiylar abadiy badbaxtlikka tushdilar» degan nido eshitiladi. 
Ikkinchi guruh begunoh odamlardir. Ularga; «Allohga doimiy hamd aytuvchilar 
o‘rnidan tursin» deyiladi. Ular o‘rnidan qalqib, jannat sari yuradilar. So‘ngra kechalarini 
ibodat bilan o‘tkazuvchilar va dunyo tijorati Alloh taoloning zikridan chalg‘itmagan 
kishilarga ham shu muomala qilinadi. Keyin ularga: «Bu jannatiylar boqiy saodatga 
ketdi» degan nido bo‘ladi». 
Uchinchi guruh ko‘pchilikni tashkil etib, ular yaxshi va yomon amallarni aralash 
qilgan kishilardir. Ularning yaxshi amali ko‘pmi yo yomonimi, bu yolg‘iz Allohga ayon. 
Lekin Alloh taolo O’zining afvidagi fazlini va jazosida-gi adlini bandalariga ham bildirish 
uchun ularning amallarini taroziga soladi. Gunoh va savob amallar o‘ralgan noma va 
sahifalar har tomonga sochilib uchadi... 
Tarozi qurshtadi. Ko‘zlar nomalarga tikilgan: nomalar ta-rozining o‘ng pallasiga 
tushadimi yoki chap pallasiga? So‘nfa nigohlar tarozining tiliga qadaladi: gunohlar tomon 
og‘ir bosadimi yo savoblar? Bu daxshatli holat xaloyiqning aqlini shoshiradi. 
Hasan Basriy rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini Oisha 
onamizning tizzalariga qo‘yib uxlayotgan edilar. Oisha onamiz oxiratni eslab yig‘ladilar. 
Hatto ko‘z yoshlari sarvari olamning yonoqla-riga tushib, u zotni uyqudan uyg‘otib 
yubordi. Shunda Allohning rasuli: 
— Nega yig‘layapsan, ey Oisha? - dedilar. 
— Oxiratni esladim. Siz payg‘ambarlar Qiyomat kunida ahlingizni esga olasizmi? 
so‘radi Oisha. 
— Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, uch yerda kishi kishini esga olmaydi: tarozi 
qurilib, amallar tortilayotgan paytda (chunki o‘sha payt Odam farzandining ko‘zi yen-gil 
yo og‘ir kelayotgan tarozi pallasiga qadalgan bo‘ladi nomai a’moli berilayotganida (bu 
paytda bandaning nazari o‘ng yo chapdan kelayotgan nomadan uzilmaydi); sirotdan 
o‘tayotganda» (Abu Dardo rivoyati). 
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Qiyomat kuni Odam farzandi tarozining ikki 
pallasi orasiga keltiriladi. Unga bir farishta vakil kilingan bo‘ladi. Agar bandaning tarozisi 
og‘ir kelsa, farishta odamlar eshitadigan ovozda nido qiladi: «Falonchi abadiy saodatga 
erishdi». Agar tarozisi yengil kelsa, farishta barcha eshitadigan ovozda: «Falonchi abadiy 
badbaxtlikka yuz tutdi» deya nido qiladi. Tarozining savoblar qo‘yiladigan pallasi yengil 
kelganida azob farishtalari qo‘llarida temirdan bo‘lgan to‘hmoqlar bilan, ustlarida olov 
kiyimlarda kelishadi va do‘zaxning nasibasini do‘zaxga olib ketishadi. 
Rasululloh sallalloqu alayhi vasallam Qiyomat haqida dedilar: «Alloh taolo Qiyomat 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin