Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

MUROJAAT 
«...Men bu murojaatimni olamdagi barcha tafakkur qiluvchi jonzotlarga qarata yo‘llamoqdaman. 
Mazkur murojaatni yo‘llashdan avval, o‘zimning yaratilishim haqida ko‘p fikr yuritdim.


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
Butun bu tevarakning mukammal bir nizom va tartib asosida harakatlanishini, nabototning, suv osti 
dunyosining, tabiat hodisalarining qat’iy va mukammal o‘lchovlarini ko‘rib-anglab, mulohaza qilgach, 
mazkur silsila aro o‘z o‘rnimni topishga harakat qildim. 
O‘zimning mukammal ekanimni, butun yer yuzi aql bovar qilmaydigan tarzda menga 
bo‘ysunayotganini, tabiatda bunday tafakkur qobiliyatiga ega boshqa bir jonzot yo‘q ekanini ko‘rdim. 
Biroq, naqadar mutafakkir esam-da, Yer yuzi va Koinot ichra o‘z ahamiyatimni anglab olishga 
qiynaldim. 
Uzoq muddatli va chuqur mulohazalarim so‘ngida shularni aytmoqchiman.
Avvalo, ushbu tevarakning, samolarning, tabiatning va oxir-oqibat fikrlovchi inson naslining o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lib qolishi ehtimoldan g‘oyatda uzoq narsadir. Bu olamni albatta k i m d i r 
yaratgandir! 
Dunyo – mislsiz evrilishlar, o‘zgarishlar va ogohlantirishlar makonidir. Har narsa, har hodisa bir 
ogohlantirish, bir timsol bo‘lib xitob qilib turmoqdadir. 
Bunchalar quvvatli tartib berilgan va qat’iy qoidalar asosida harakatlanayotgan tabiat bizsiz ham 
mukammal ravishda o‘z hayotida davom etmoqda, o‘zgartirishlarimizga va kashfiyotlarimizga 
muhtojligi yo‘q.
Asrlarni to‘zg‘itib esayotgan vaqt shamolida inson bunyod etgan har qanday narsa albatta buzilib-
payhon bo‘lib ketmoqdadir. Hayot uchun qulaylik tug‘diradi deb hisoblangan narsalar tabiatning 
mutlaq nizomini buzmoqdadir. Atrofdagi har bir narsaning nizomi va murodi bo‘lgani holda, men 
o‘zimning mavjudiyatimdan bir maqsad ko‘rmayotirman. Tevarakdagi har narsaning hosilasi bo‘lgani 
holda, men nima hosila berishim kerakligini bilmayman!
Butun bu borliqlarni yaratgan k i m d i r mening dunyoga kelishimni nechun istadi, degan savolga 
ham javob topolmayapman! 
O‘zimdagi mukammal qobiliyatlar, g‘ayrioddiy xususiyatlarning barcha-barchasini mushohada 
etgan holda, ularning menga bejiz berilmaganini anglasam-da, yaratish va yaratilish kabi ulkan jarayon 
ichida nimalar qilishim kerakligini anglay olmayapman!
Shu bois, bu makonni avvalo Uni izlab topish va butun olam yaratilishining sabablarini O‘zidan 
so‘rash uchun tark etmoqdaman. 
Bu makonda bo‘lishim Uning meni yaratishdan ko‘zlagan irodasiga mos kelgani taqdirda, albatta 
qaytaman. Mos kelmagani taqdirda esa, mos keladigan makon va zamon izlayman...» 
Monitordagi tasvir o‘zgarishlari to‘xtadi.
Hamma jim edi – notiq ham, ahli anjuman ham. 
Dunyoning eng iste’dodli olimlari chuqur o‘yga tolishgan, dunyoviy intilishlaru tashvishlar 
unutilgan, bu barhayot odam izlayotgan haqiqatning haybatidan qalblari larzaga tushib o‘tirar edilar. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin