www.ziyouz.com kutubxonasi
17
mushkullari yengillashgan bo‘lur edi. Masalaning estetik tomonlarini ham hal qilishimiz, butun
dunyodagi barcha xalqlar bilan birgalikda yakdil qarorga kelishimiz lozim – bular insonmi, inson
emasmi? Bugungi kunda tajribaxonalarda son-sanoqsiz jonzotlar ustida turli-tuman tadqiqotlar
o‘tkazilmoqda, minglab hayvonlarning tana xususiyatlari, ichki a’zolari, har xil ta’sirlarga munosabati
o‘rganilmoqda. Biz bu jonzotlarga ilmu fan taraqqiyoti yo‘lida qurbon qilinishi lozim bo‘lgan tajriba
materiali deb qaraymizmi yoxud inson debmi? Tadqiqotlarimiz yangi, barhayot nasl olish yo‘lidagi
zahmatlar sifatida olqishlanadimi yoki insoniyat ustidan o‘tkazilgan g‘ayriinsoniy tajribalar deb
la’natlanadimi – bu savol ham ochiq qolmoqda...
Tasvirda shisha xonadagi g‘oyat katta boshli odamning surati qalqdi, yon qismida uning tartib
raqami, dunyoga keltirilish vaqti hamda yozuvlar paydo bo‘ldi:
«Men kimman?» «Otim nima?» Laboratoriyalarda, zirhli shisha idishlarda dunyoga kelgan va g‘ayrioddiy xususiyatlari bilan bir
qatorda, nuqsonlari bilan ham odamni qo‘rqitadigan turli-tuman sun’iy odamlar anjuman ahliga, balki
butun insoniyatga ana shunday – nigohlarida tushunmovchilik, azob, qiynoq aks etgan holda jim,
iztirob ila boqmoqda edilar.
«Men kimman?» «Otim nima?» Balki ularning tadqiqotlar natijasida ayqash-uyqash bo‘lib ketgan miyalarida boshqa turli savollar
ham ko‘pdir, lekin eng asosiy savol baribir shu bo‘lib qolmoqda va butun insoniyatga qarata
berilmoqda edi.
«Men kimman?» «Otim nima?» Bir oz vaqt o‘tgach, ularning o‘rnini baland bo‘yli, sochlari uzun, ko‘rkam bir yigitning tasviri
egalladi.
Bu – tadqiqotlarimizning eng yuksak cho‘qqisi, oddiy insonga nisbatan g‘oyat uzoq umr
ko‘radigan barhayot jonzot, – deb davom etdi olim. – Siz uzoq yillardan beri orziqib kutgan va ilmiy
orzularingizni o‘zida mujassam etgan mukammal mavjudot shu! Avvalgi nusxalarning barcha
fazilatlari unda mujassam. Gen turli-tumanliklarning bunday zafarli halqasini topishda osiyolik bir
hamkasbimizning juda katta ko‘magi bor, u odam hozir orangizda, barhayot insonning vujudidagi
DNA halqasining siri hozircha shu odamgagina ayon. Bu kishining fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi,
bir mahallar Osiyodagi kichkinagina hujrasidan chiqmagan holda, aql kuchi ila ummon ortida yana bir
qit’a borligini ko‘ra olgan
4
yoki turli hisob-kitoblar orqali fazoda Urandan so‘ng yana bir sayyora
borligini ilg‘agan
5
ikki buyuk olimning hissasidan kam emasligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Men tilga
olib o‘tgan kishilar nigoh yetmas olislardagi narsalarni va hodisalarni aqlu tafakkur kuchi bilan ko‘ra
olgan edilar. Tadqiqotlarimizni boshi berk so‘qmoqlardan oldinga olib chiqqan kishi – genetikaning
asoschisi Gregor Mendel kashf etgan qonuniyatlar bilan Sharq she’riyatidagi aruz vazni bahrlaridagi
fe’l turlanishlari orasidagi bog‘liqlikni mantiqiy modellashtirish orqali kashf etgan va gen
o‘ramlarining eng maqbul kombinatsiyalaridan birini topgan hamkasbimiz professor Ziyodir. Men
4
Abu Rayhon Beruniy
5
U. Levere – Uranning aylanish chizig‘idagi og‘ishlarni hisoblab chiqish orqali undan keyingi yana bir sayyorani – Neptunni kashf
etgan frantsuz olimi.