www.ziyouz.com kutubxonasi
47
Har parishon so‘zki yozdim, yo Karim, Baridin astag‘firulloh, al-azim. Buyuk iste’dod va bemisl fikriy quvvat hosilasi bo‘lmish bu misralardan orttirib so‘z aytish mahol
edi.
Dunyodan ketar kishining bundan marg‘ubroq so‘z aytishi ham mahol edi.
Professor Ziyoning ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Yodida esa ulug‘ mutafakkirning so‘ng misralari
xuddi quyun kabi chirpirak bo‘lib aylana boshladi:
Har parishon so‘zki yozdim, yo Karim, Baridin astag‘firulloh, al-azim... 8 BO‘RON Bag‘rida rahmat yomg‘irlarini olib keluvchi bulutlarni haydab esadigan shamol bu gal boshqa
bulutni – falokat bulutini olib kelmoqda edi.
Ummon ustida u shu qadar zo‘raydiki, balandligi o‘ttiz metrlik to‘lqinlarni hosil qildi, sohilga
yaqin joylarda esa girdoblar ko‘kka ajdar kabi sapchidi, millionlab baliqlar shu to‘lqinda halok
bo‘ldilar, girdob ularni bir necha kilometr balandga ko‘tarib, sohildan yuzlarcha chaqirim ichkariga –
chorva maydonlariga olib borib tashladi.
Tailand sohillariga dam olishga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi to‘fon ostida qolib ketdi. Bir
tomondan yopirilib kelgan to‘qqiz qavatli uy balandligidagi to‘lqinlar, ikkinchi tomondan hosil bo‘lgan
ulkan girdob sohilning ichkari qismida joylashgan otellarni ham vayronaga aylantirdi. Qiziqish tufayli
bo‘ronga qarshi chiqqan va uning qarshisida tili kalimaga kelmay qolgan allaqanday zamonaviy
yoshlar to‘dasi ham xasday sovurilib ketdi, ularning jasadlari keyinchalik ham topilmadi.
Dunyoning kayfu safo markazlaridan biri hisoblangan Tailand sohillari tamomila vayronaga
aylandi.
Shamol va quyun shundan so‘ng Osiyo cho‘llaridagi millionlab tonna qumni ichidagi jonzotlari va
nabototi bilan qo‘shib samoga ko‘tarib ketdi, butun samoni qum buluti enladi. Shuningdek, Kuyten-
Nayramdal cho‘qqilaridan yuz ellik chaqirim masofada joylashgan Inson takomili markazining bir
qavatli beton binosini ham sindirib-parchalab, xizmatchilariyu yerto‘lalari, tajribaxonalariyu aqli noqis,
mayib-majruh sun’iy urchitilgan odamlari va fazoviy aloqa qurilmalari bilan qo‘shib ko‘klarga ko‘tarib
ketdi, ularning hammasi qum bo‘roni aro ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ichida xas-xashaklaru shox-shabbalar mayda-chuyda cho‘l jonzotlariga qo‘shilib chirpirak bo‘lib
aylanayotgan, girdoblari ulkan jonli ilonlar kabi yerdan ko‘kka cho‘zilgan bo‘ron, sahroning har bir
qadamini g‘oyatda sinchkovlik bilan «titib» chiqib, hozir nishonini «yo‘qotib» qo‘ygan va bir-birlariga
tashlanishga shay turgan harbiy uchoqlar tomon shiddat bilan yaqinlashib bormoqda edi. Ana shu to‘s-
to‘polon ichra zamindan yangi bir girdob «o‘sib-bosh ko‘tarib» chiqdi, uning tubi ingichka, yuqorisi
esa eni yetmish kilometrlik bahaybat ajdarni eslatardi, Gobi hududida jangovar holatda turgan harbiy
uchoqlarni ana shu girdob birpasda o‘rab-chirmab, o‘z domiga tortib ketdi.
8
Hazrat Alisher Navoiy. “Lisonut-tayr” dostonining xotimasi.