Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Uning bilgani tarixga ko‘ra, azobu uqubatlar ham, rahmatu barakotlar ham aynan shamollarning 
qanotlarida kelar edi.
 
Bir ozdan so‘ng urilgan yanada shiddatliroq epkin g‘or og‘zida o‘sgan anjirni – rizq daraxtini tag-
tomiri bilan sug‘urib oldi va pastlikka qarab xasday uchirib ketdi.
Sahrodagi lo‘lilar karvoni haliyam o‘z joyidan qo‘zg‘almagan edi. Karvonboshi shamolning 
zo‘rayib borayotgan g‘alayonini ko‘rib, hammani barxan ortiga ko‘chirdi, uxlayotgan nevarasini 
ko‘targancha, barxan yonboshidagi chuqurlik ichiga avaylab yotqizdi, ustidan to‘nini yopib qo‘ydi. 
Qolganlar lom-mim demasdan shamolning hayqirishiga quloq tutib turardilar, shamol ularning 
kiyimlarini yulqilab-uzguday bo‘lib esmoqdaydi. 
Lo‘lilar karvonboshisi uning, shu sho‘rlik kavmning vatan ilinjida besamar daydishlariga chek 
qo‘yishi kerak bo‘lgan shamol ekanidan umidvor edi.
Karvonboshi turli xalqlarning turlicha ibodatlarini bilar, biroq, qaysi birining ibodati qay tarzda 
qabul qilinishidan bexabar edi. Shu bois ham u eng so‘nggi payg‘ambarning ibodatini qildi: ko‘zlariga 
qum tiqilgan holida kunbotarga qarab shundoqqina qum uzra cho‘k tushdi. Va agar bu shamol 
umrlariga nihoya qo‘yadigan bo‘lsa, hayoti dunyodagi umrini xotimalaydigan bir ibodatni ado etishga 
kirishdi. 
* * * 
Shamol yeru ko‘kni enlab roppa-rosa bir kecha esdi. Shundan so‘ng g‘alayon asta-sekin tindi.
Tiyonshon va Oltoy yonbag‘irlaridagi o‘rmonlarning ahvoli achinarli edi: sarvqomat archalar qoq 
bo‘linib-sinib ketgan va ayqash-uyqash bo‘lib uyilib yotardi, ularning ostida halok bo‘lmay qolgan va 
yaralangan hayvonlarning bo‘kirishlariyu chiyillashlari tevarakni tutib ketgan edi. 
Sahrodan kelgan qum bo‘ronlari avliyoning g‘orini abadiyan bekitib tashladi. Biroq, shu mahalda 
ichkariga kirgan odam hayrat barmog‘ini tishlashi shubhasiz edi: ichkaridagi havo sarin va yengil, 
gullarning islari anqib turar, avliyo esa sajda qilgan holida jonini Haqqa topshirgan, balki ko‘pchilik 
orzu qiladigan go‘zal o‘lim edi bu. 
Oltoy tizmalarining etagidagi Otgon-Tengri Uul vodiysidan yuz ellik chaqirim masofadagi Inson 
takomili markazi joylashgan yerni ham qum tep-tekis bosib tushgan edi. Qum uzra goh ko‘rinib-goh 
ko‘rinmovchi ulkan to‘mtoq qurt – olg‘oy-xorxoy, tushunarsiz ravishda imillab o‘rmalab borardi.
...Tenerif sahrolarida yana bir bahaybat toshbaqa paydo bo‘ldi, u ortmoqlab olgan toshning 
uzoridagi naqshlar muqaddas yozuvlarni eslatardi... kim bilsin, balki yana minglab kishilar shu 
yozuvni ko‘rib, imonga kelsalar ne ajab? 
Sahroda hech qanday iz qolmadi, barchasi xuddi tarix kabi supurilib ketdi.
Shamol lo‘lilar karvonini ham qum bilan tamoman ko‘mdi, ularning ayollari, bolalari va hatto 
ulovlari ham qalin va og‘ir qum qatlami ostida qolib ketdilar.
Lo‘lilar karvoni ko‘milgan joydan yuz ellik kilometr g‘arbda ulkan uchoq qoldiqlari sahro bo‘ylab 
sochilib ketgan edi, qum ularni ham tep-tekis qilib bosib tushdi. Qaragan ko‘zga shu topda hech narsa 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
ko‘rinmas, ufqlarga qadar sarg‘ish-qizg‘imtir qum enlab yotardi: na uchoq, na uchoqning yo‘lovchilari 
va na Professor Ziyo...
XOTIMA 
Yangi ochilgan qum sahifasida sahro bo‘ylab bir banda yolg‘iz ketib bormoqdaydi. 
U baland bo‘yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangoyoq bir odam edi. 
Bu odamni keyingi asrlarda yanada ko‘proq eslaydilar. Uni goh darbadarlikka mahkum 
insonlarning, goho esa taqdirlarning va xalqlarning timsoli sifatida tilga oladilar. 
Va unga Boqiy darbadar deb nom beradilar. 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin