Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Va u etikdo‘zga qarab shunday dedi: 
 
Turgin va ravona bo‘lgin! 
 
( «Men-ku imillamayman, ammo sen mahshar kuni kelishini uzoq kutasan...» – deyildi unga. 
 
«...Endi sen to qiyomatga qadar yer yuzida betinim daydishga mahkum etilding», – deyildi unga. 
 
 «Hamda sening qiladigan ishing – hech narsa, hech narsa, faqat hech narsa», – deyildi unga). 
* * * 
Shu kuni u shahar tepaligida o‘zi sudrab kelgan kishanlariga o‘rab-chirmab qatl qilindi va Tangri 
taoloning yana bir mahbubi ana shunday bir tarzda o‘ldirildi.
Aytadilarki, qatldan so‘ng olomon uning kimligini asta-sekin tushunib yeta boshlagan va Muborak 
Zotga qo‘l ko‘targan badbaxtni u yerdan haydab chiqarishgan. Etikdo‘z shu ketganicha badar ketgan va 
oradan yuz yil o‘tgachgina vataniga qaytib kelgan. Ammo odamlar uni yana oldilariga solib 
quvlashgan. Yillar o‘tgani sayin u o‘zining qiyomatga qadar o‘lmasligini anglab yeta boshlagan, hech 
bir yumushning uning uchun ahamiyati qolmagan. Neki qilmasin, bari behuda bo‘lib chiqavergan... 
Va, asrlar bo‘yi uning qismati yer yuzida faqatgina besamar daydishdan iborat bo‘lib qolgan. 
BADAVIYLAR 
Tarixda arab sahrolarida samum oldidan kezib yurgan bir odamni ko‘rganlari haqida gap-so‘zlar 
bor. 
Samum odami degan afsonaviy odam aslida o‘sha – duoibad etilgan va oxiri ko‘rinmaydigan 
izdihomning bu dunyoga kelib ketishiga to qiyomatga qadar guvoh bo‘lishga (va o‘zi ham ketishni 
orzu qilishga) mahkum etikdo‘z ekani haqida rivoyatlar bor. Aslida samum – Sahroi Kabirda esadigan 
va jon zoti borki, barini kuydirib-eritib halok qiladigan qaynoq shamol, biroq, aynan shu shamollar 
orasidan chiqib kelgani uchun ham arab badaviylari uni samum odami deb ataganlar. 
Aytadilarki, bir kuni samum odami sahro badaviylarining oldiga kelib, o‘zining shamollar va 
hodisalar tilini bilishini aytadi. Badaviylar unga ishonmaydilar. Samum odami yerda yotgan yapaloq 
bir toshni ko‘rsatib, deydi: 
– Bu tosh aslida Hiro tog‘ida bino bo‘lgan, uch yuz yil oldin qoyadan ajralib tushgan, bahor 
yomg‘irlarining sellari oqizib vodiyga olib kelgan. Uning aslida, orangizdagi bir odamning ajaliga 
sabab bo‘lishi uchun yaratilgan. Bu yerdan yetti kunlik masofada qoyalardan uzilib, sahroning 
o‘rtasiga kelib qolishi bejiz emas. Kun kelib, shu qismat albatta ro‘y beradi. Balki kimdir bu tosh bilan 
kimnidir joniga qasd qilar, balki kimdir unga qoqinib yiqilar? Hatto sahrodagi mana shu sanoqsiz qum 
zarralarining har birining o‘z qismati bor. Xuddi sizning va mening qismatim kabi... 
Badaviylar aytdilarki: 
– Ajabo, sening qismating biznikidan farqli emasmidi? 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin