Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
– Fikrlayapsanmi, demak, bajaryapsan, – dedi karvonboshi. – Pilladan kapalak chiqqanini 
ko‘rmaganmisan? 
– Juda ko‘p ko‘rganman. 
– Fikr ana shunaqa narsa, – dedi Chol. – Oldin nimanidir ko‘rasan, undan o‘sha narsa haqidagi 
fikring paydo bo‘ladi.
– Xuddi kapalakka o‘xshab, a? 
– Parvardigorning dargohi keng, u ko‘p narsalarni sirlar pardasiga yashirgan. Odamlar ularning 
ba’zilarini biladilar, ba’zilarini bilmaydilar. Dunyoda ko‘zga ko‘rinmas jonzotlaru hodisotlar mo‘l. 
Ularni odam ko‘rmaydi xolos, lekin ba’zi jonzotlar ko‘radi. 
– Siz bularning tilini qanday anglay olasiz? – deb so‘radi bolakay.
– Odam bolasidan boshqa hamma bir tilda gaplashadi, o‘g‘lim, – dedi oqsoqol. – Aslida, bunday 
sirlarni qancha ko‘p anglaganing sayin shuncha chuqur sukutga tolasan. Chunki ba’zi bilimlar hatto 
halokatli bo‘ladi, bolam. 
– Shamol hozir nima deyapti? – deb so‘radi o‘g‘lon. 
Chol miyig‘ida jilmayib, dedi: 
– Shamolmi? U gapirmaydi, balki qanotida bilimlarni tashib yuradi. Kerak joyiga qarab kerak 
narsangni olaverasan... 
* * * 
...Otaxon shamolning tog‘larda avliyo bilan suhbat qurganinishahri Haybar xarobalarining 
qumlarini to‘zg‘itib-sochib o‘tganini nevarasiga aytmadi. Zero, cholning hadigi bor edi. Shamollarning 
turlariniyu vazifalarini u yaxshi bilardi. Lekin, bunisi bag‘rida yomg‘irlarni olib keluvchi rahmat 
epkini emasdi. Gullarni to‘kuvchi va mevalarni changlantiruvchi rizq shamoli ham, marhamat shamoli 
ham, fasllarni o‘zgartiruvchi mavsum shamoli ham emasdi. Aksincha, boshqa epkin edi, uning esishida 
jazo shiddati borga o‘xshardi. Shu bois ham bu haqda indamadi, aksincha, agar shunday bo‘lib chiqsa, 
o‘ziga ham, qavmiga ham, shu bolakayga ham marhamat yetajagidan umidlandi. 
Shuningdek, bu kecha, hamma uxlagan mahali sahro ichidan chiqib kelgan bir odam bilan qurgan 
suhbati haqida ham lom-mim demadi. Holbuki, tungi suhbat juda ko‘p narsalarni oydinlatuvchi suhbat 
bo‘lgan edi. 
– Bizlar ko‘p yillar avval yo‘lga chiqqanimizni bilasan, – dedi Chol, tungi yo‘lovchiga. – Sen 
tug‘ilmasingdan ikki ming yil avval boshlangan bu darbadarlik. Safar manzilini biladiganlar o‘sha 
mahallarda dunyodan o‘tib ketdilar. Taxmin qila oladiganlar ham allaqachon tuproqqa aylanganlar
balki ularning zarralari hozir shamolga qo‘shilib uchib yurgan bo‘lsa ne ajab... Biz uchun hech yerda 
qo‘nim yo‘q, dunyoning qaeriga borsak chodir tikib, Alloh xohlagancha vaqt turamiz, keyin yana 
dunyo kezishga ravona bo‘lamiz. Bola-chaqalarimiz ham darbadarlikda tug‘iladilar va shu qismat 
bilan o‘ladilar.


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin