Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
soqov va yashashga noqobil ravishda olam yuzini ko‘rgan bo‘lsalar, ulardan biri hech kutilmaganda 
mukammal bo‘lib hayotga kelgan edi.
Na otasini, na onasini biladigan bu jonzotning hujayralaridagi qartayishga sabab gen olib 
tashlangan – uning vujudi o‘z-o‘zini to‘ldirish orqali muttasil yangilanmoqda va taxminlarga ko‘ra, 
g‘oyat uzoq umr ko‘rishi kutilmoqda edi.
Boshqa barcha chaqaloqlar kabi yig‘lagan, injiqlik qilgan, go‘dakligida tegrasiga qiziqsinib 
boqqanu murg‘ak zehnida «u kim – bu nima» degan savollar bemisl ko‘p va tez sodir bo‘lgan, o‘zining 
qaydan bino bo‘lganiyu kim ekanini yuzlarcha marta so‘ragan, xullas, barcha chaqaloqlar kabi unib-
o‘sgan bo‘lsa-da, bu hodisadan azbaroyi ilmiy tajriba yuzidan hamma narsani sir tutgan olimlarning 
o‘zlari ham hangu mang edilar. 
Go‘yo insoniyatning tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tayotgan bu sun’iy urchitilgan odam 
balog‘at yoshiga yeta boshlaganida, o‘zining favqulodda mantiq va fikr quvvatiga ega ekanligini 
namoyon qilgan edi. Hali fanga ma’lum bo‘lmagan qandaydir bir xususiyat ila u tegrasidagi 
narsalarning molekulyar butunligini buza olish qobiliyatiga ega bo‘lib, qarshisida na po‘lat, na temir, 
na shisha to‘siq bo‘la olardi. Shuningdek, o‘zak hujayralarni o‘stirish borasida olingan barcha yutuqlar 
unda jamuljam bo‘lgan edi. Aslida oddiy inson bolasiga o‘z-o‘zini tiklash salohiyati azaldan ato 
etilgan, masalan, biror joyini kesib olsa, bu jarohat ma’lum vaqtdan so‘ng bitib ketadi. Sun’iy odamda 
mazkur xususiyat takomillashtirilgan, hatto ichki a’zolarini ham tiklay olishiga umid bog‘lanmoqda 
edi. 
Avvalboshda na otasi, na onasi, na vataniyu millati, na qarindosh urug‘iyu aka-ukasi bo‘lgan 
bunday mukammal jonzotlarni ommaviy ravishda ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilaroq, xatarli hududlarda, 
konlarda, hayot uchun xavfli makonlarda, vulqon tublaridayu suv ostida – xullas, haqiqiy insonlarni 
qo‘llash ham estetik, ham insoniy qadriyatlar tufayli mumkin bo‘lmagan ishlarda ishlatish ko‘zda 
tutilgan edi. Gen sohasidagi yutuqlar ularni hali homila ekanliklaridayoq nurlanishlarga, kasalliklarga 
yoxud boshqa ta’sirlarga chidamli qilib o‘stirish imkonini bermoqda edi. Ijtimoiy qadriyat 
qozonishlariga haq-huquqlari yo‘qligini ta’kidlash maqsadida hatto ism berish ham ko‘zda tutilmagan, 
raqamlar bilan ifodalanishlari yetarli edi. 
Odam bolasini ism bilan emas, raqam bilan ifodalash o‘tgan asrdan: Polshaning Daxau 
qamoqxonasidan hamda Yaponiyaning Xitoy chegarasidagi Xarbin yaqinida joylashgan ismsiz 
zindondan odamzotga ma’lum. Ularning ijtimoiy ahamiyat kasb etmasliklarini o‘zlaridan ham ko‘ra 
atrofdagilarga ta’kidlash muhimroq edi. Biroq, qamoqxonalardagi tajriba odamlari – azaldan davom 
etib kelgani kabi, ota va onadan tug‘ilgan, haqiqiy insonlar edilar, tajribaxonalarda sun’iy ravishda 
dunyoga keltirilgan va genlari o‘zgartirilgan jonzotlar esa, garchand ko‘rinishiyu tutumi insondan farq 
qilmasa-da, baribiram g‘ayriinsoniy mavjudot deb hisoblanmoqdaydi. 
Bunday tajribalar muvaffaqiyatli tugagach, dunyoda insonning oliy irq bo‘lib qolishi va yana bir 
irq – na ismi, na tili, na qadriyatlari va na millati noma’lum, ammo ham jismoniy, ham aqliy jihatdan 
insondan bir necha baravar ustun qullar irqining paydo bo‘lishi kutilmoqda edi! 
Biroq, anjumandagi olimlarni, shuningdek, Professor Ziyoni sarosimaga solgan narsa boshqa! 
Shov-shuvlar, gen va o‘zak hujayra muhandisligi erishgan yutuqlar ortidan cho‘mgan jimlik... mangu 
barhayot inson yaratish yo‘lidagi urinishlarning hisobotlari ortidan, mukammal irq yaratish yo‘lidagi 
sa’y-harakatlarning ilk yutug‘i hisoblangan bu mukammal jonzot aqlni shoshiruvchi va hech 
kutilmagan bir xulosaga kelgan edi!


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin