Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
namuna bor. Zero, payg‘ambarimiz ham: "Sinovning eng qattig‘i payg‘ambarlarga, 
so‘ngra solihlarga, so‘ngra shularga o‘xshashlarga bo‘lur..." mazmunida hadis aytganlar. 
Shundan ma’lum bo‘ladiki, bu dunyoda musibat yetish bilan bo‘ladigan sinov badbaxtlik 
belgasi emas. Zero, bu foniy dunyo qilingan ishga yarasha mukofot olish o‘rni emas, 
balkim imtihon va oxirat uchun zaxira to‘plash o‘rnidir. 
AKROMIYLAR - islomdagi diniy-siyosiy guruh (oqim). 1997-1999 y.larda Farg‘ona 
vodiysida paydo bo‘lgan. Guruh asoschisi -Akrom Yo‘ldoshev (1960 y.da Andijonda 
tug‘ilgan). Guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo‘lgan. Ular rasmiy 
ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shugullanganlar. Ular 
mavjud tuzumni tan olmaydilar, davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga 
bo‘ysunish lozim deb hisoblaydilar. A.asoschisi vahhobiylik ta’limotiga tayanib, 1992 
y.da 12 darsdan iborat "Imonga yo‘l" deb nomlangan dastur ishlab chiqqan. Dasturda 
oxirgi maqsad - islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta’kidlangan. A. siyosiy 
hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. "Sirli" yoki "maxfiy". 2. 
Moddiy. 3. Ma’naviy. 4. "Uzviy maydon". 5. "To‘ntarish". Dasturda diniy taassubga 
moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, 
terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini so‘zsiz 
bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, o‘z 
hokimiyatlarini o‘rnatishi bayon etilgan. A. hozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro‘za, 
zakot, haj farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. To 
islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar. 
O’zbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning 
keskin qarshiligiga uchradi va faoliyati barham topdi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin