Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
298
aylangan. Aks holda esa, cho‘ri va farzandi oddiy kul bo‘lib qolishgan. Xojasi hayotlik
chog‘ida U. al-V. faqat unga nisbatangana cho‘ri bo‘lgan, uning vafotidan keyin to‘liq
ozodlikka chiqqan. Xizmat munosabatlarida U. al-V. shartli ozod qilingan qullarga
(mukotab, mudabbar)
tenglashtirilgan, ya’ni ishga qisman layoqatli deb topilgan. U. al-
V.ni go‘dak vafot etgan hollardaga maqomi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q: ba’zi
mazhablarga ko‘ra, u o‘z maqomini saqlab qolgan, chunki ozod qilish haqida berilgan
va’dani qaytarib bo‘lmaydi, boshqa bir fikrga ko‘ra, u yana oddiy cho‘riga aylangan,
chunki, ozod bo‘lishining sharti bo‘lgan go‘dak vafot etdi. agar cho‘ri
homiladorlik
chog‘ida sotilgan bo‘lsa va bu holat ma’lum muddatdan so‘ng oshkor bo‘lsa (idda), u
o‘zining ilgarigi xojasinikiga uning U. al-V.i sifatida qaytib kelgan, oldi-sotdi esa, o‘z
kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. Hoz. davrda U. al-V.ning maqomi bilan bog‘liq
barcha masalalar qulchilik singari o‘tmishda qolmoqda.
UMMA (arab., o‘zbek tilida uning "ummat" shakakli tarqalgan - ma’lum dinga e’tiqod
qiluvchilar jamoasi) - Madinada Muhammad '(sav) izlaridan borgan va islom dinini qabul
qilgan kishilar jamoasi. Shuvdan Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa a’zolari
tushuniladi. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan.
UMRA - islom an’anasida kichik haj. U. Qur’on oyati va Payg‘ambarimiz (as) sunnatlari
ila sobit bo‘lgan amal. U.ni yil - o‘n ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor. 1.
Ehrom; 2. Ka’bani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor o‘ziga, otasiga,
onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun
Makkadagi hazrati Oisha
masjidlariga borib, yuvinib, ehromni kimga U qilayotgan bo‘lsa, o‘sha kishiga niyat qilib
kiyadi.
URS (sinonimi valima) - to‘y tantanasi. -Nikoh to‘yining bosqichi bo‘lib, unda nikoh
shartnomasi (siga) e’lon qilinadi va mahr yoki uning bir qismi (sadaq) to‘lanadi. U.
rasmiy nikohni bildiradi. Biroq, U.dan amaliy jihatdan turmush qurilguncha (nikoh)
ancha vaqt o‘tishi mumkin. Chunki, turmush qurayotganlar balog‘at yoshiga yetmagan
bo‘lsalar, to‘y ilgariroq o‘tkazilishi mumkin.
USMON ibn Affon (ra) (taxm. 575- 656) -dastlabki to‘rt xalifadan uchinchisi. Umaviylar
qabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning
eng dastlabki
izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi bilan Habashistonga ko‘chgan, 623 y.da
Madinaga kelgan. U. (ra) dastlab Payg‘ambar (as)ning qizlari Ruqayyaga uylangan
(taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni ham U. (ra)ga
nikoxlab berganlar (623), shuning uchun "Zun-Nurayn" - ikki nurli, degan nom olgan.
Umar (ra)ning o‘lim oldidagi vasiyatiga ko‘ra, U. (ra) yangi
xalifani saylashi lozim
bo‘lgan sho‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan. U. (ra)
hukmronligi davrida Sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va
Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlandi. U. (ra)ning buyrug‘i bilan Qur’oni
karim matni to‘planib, bir butun (mushaf) kitob shakliga keltirildi va bu 7 mushaf turli
o‘lkalarga
tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta ta’mirlandi, Rumo arig‘i qazildi.
Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qo‘shin va
viloyatlardagi zodagonlar o‘rtasida U. (ra) siyosatiga qarshi norozilik kuchayib, U. (ra)