Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
islomning "'oltin asri" deb tavsiflashgan. Mil. 644 y. Basra voliysi Mug‘iyra ibn 
Shu’baning quli nasroniy Abu Lu’lua U. (ra)ga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni 
kechqurun U. (ra) 63 yoshda vafot etgan. O’limi oldidan o‘z o‘rniga yanga xalifa saylash 
uchun Muhammad (sav)ning olti nafar eng keksa safdoshlaridan iborat sho‘ro tuzgan va 
shu kengashlardan birida Usmon (ra) xalifa etib saylangan. Vasiyatiga ko‘ra, Oisha 
onamizning hujralariga, Rasuli Akram va Abu Bakr Siddiq yonlariga dafn etilgan. 
UMAR ibn ABDULAZIZ, (Umar II), (681-720) - umaviylar xalifasi (717-720), Umar I 
ning evarasi (ona tomondan); musulmon mualliflari uni yakdillik bilan Umaviylar orasida 
yagona taqvodor xalifa deb hisoblashgan. Uning shaxsi va davlat tadbirlari haqidagi 
ma’lumotlar juda chalkash, chunki 9-a. 1-yarmidayoq musulmon tarixshunosligvda 
haqiqiy ahvol buzib talqin qilingan U. i. A.ning turmushdagi obrazi shakllangan. U. i. A. 
Misrda (yoki Madinada) tug‘ilgan. U yerda Misr noibi bo‘lgan otasi vafot etguncha (704 
yoki 705 y.) yashagan; Damashqqa ko‘chib o‘tgach, amakisi xalifa Abdulmalikning qiziga 
uylangan. 706-712 (713 y.) ylarda Madina noibi bo‘lgan, Abdulmalik buyrug‘i bilan 
Muhammad (sav)ning oddiygina masjidlarini qayta qurgan, uni ancha kattalashtirgan va 
hashamatli qilgan, qurilishga vizantiyalik ustalar jalb qilingan. U serhasham kiyimi va 
xushbo‘y atirlarga katta pul sarflashi bilan shuhrat qozongan, shoirlarga homiylik qilgan, 
o‘z doirasidaga kishilardan hech bir ajralib turmagan. Xalifa bo‘lgach, u rivoyatlarga 
ko‘ra, nafaqat o‘ziga tegishli xalifalik merosidan voz kechgan, balki barcha mol-mulkini 
va barcha qullarini sotib, tushgan pullarni xayriya maqsadlariga sarf qilgan va kuniga 
yegulik uchun ikki dirham bilan qanoatlangan, suvni o‘zi tashigan, xotini non yopib
uning yagona libosini yuvgan. Ishonchli manbalarning birontasi bularni tasdiqlamaydi, 
aksincha, ma’lumki uning bir necha xotini, cho‘rilari va o‘n beshga yaqin farzandi, 
ko‘plab xizmatkorlari bo‘lgan. Faqat U. i. A. taxtga chiqqach, ilgariga qaraganda 
kamtarona turmush tarzi kechira boshlagan deyish mumkin, xolos. U. i. A. xalifalikni 
yemirib tashlayotgan ijtimoiy va etnik ziddiyatlarni yumshatishga uringan, shu 
maqsadda hayotga shariat normalarini, avvalambor soliq solish sohasidagi o‘zgarishlarni 
birin-ketin joriy eta boshlagan. U. i. A. musulmonchilikni qabul qilganlarni jizya 
to‘lashdan ozod etgan, jangchi-mavolilarga maosh belgilagan, bo‘ysundirilgan xalqlar 
bilan tuzilgan bitimlarga rioya etishni talab qilgan (shunga binoan, Qutayba tomonidan 
Samarqanddan kuvg‘in qilingan sug‘diylarga hakamlar sudiga shikoyat bilan murojaat 
qilishlariga imkon bergan), ruhoniylar va rohiblardan soliq olishni bekor qilgan. 
Uning davrida musulmon arablarning maoshlari oshgan, shuning uchun viloyatlardan 
markaziy xazinaga tushadigan mablag‘lar kamayib ketgan. Natijada U. i. A. yangi 
bosqinchilik yurishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan, hatto notinch 
Movarounnahrdan arablarni olib chiqib ketish ehtimoli ham yo‘q emasdi. 
U. i. A. xorijiylar, alaviylar va abbosiylar bilan kelishishga intilgan. U. i. A. Xunasir 
(Shim. Suriya)da vafot etgan va yaqin oradagi Simeon (Dayr Sim’an) monastiriga dafn 
qilingan, uning qaerda joylashgani 13-a.dayoq noma’lum edi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin