Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
VAHIY - diniy e’tiqodga ko‘ra, Alloh taoloning o‘z payg‘ambarlariga farishtalar orqali 
yuborgan buyruq yoki ko‘rsatmalari. V. aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi V.lar 
tushda ko‘rilgan ishorat shaklida ham bo‘lgan. Mas., hazrat Ibrohim (as) ning tushida 
"o‘g‘ling Ismoil (as) ni qurbonlik qil" deb buyurilgani ham V. deb hisoblanadi. V. 
Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil bo‘lgani Qur’oni karimda 
keltirilgan (53:5-10). V. farishtalar orqali yoki bevosita Alloh taolo bilan roz aytish 
(gaplashish) orqali ham kelishi mumkin. Payg‘ambar Muhammad (sav)ga esa, V. 
quyidagicha hollarda tushgan: Oisha (ra) aytadilarki: 1. "Payg‘ambar (sav) V.ning 
birinchi kelishi o‘ngidan kelgan tush bo‘lgan. Ko‘rgan har bir tushlari uyg‘oklik vaqtlarida 
ham xuddi tong yorugidek kelar edi. 2. Farishta o‘zi ko‘rinmay turib, Payg‘ambar 
qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi. 3. Qo‘ng‘iroq chalingandek ovoz chiqarib kelar 
edi. 4. Jabroil farishta Payg‘ambarga odam shaklida bo‘lib ko‘rinar edilar". Shu to‘g‘risida 
"Sahihi Buxoriy" kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan: "Horis ibn Hishom 
Payg‘ambardan: "Yo Rasululloh, sizga V. qanday keladi?", deb so‘rabdi. Shunda ul janob 
quyidagi javobni beribdilar:"Ahyonda xuddi qo‘ng‘iroqdek jaranglab keladi, shunisi 
menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men o‘zimda singdirib olgan bo‘laman. 
Gohida, esa farishta menga odam shaklida kelib so‘zlab ketadi va uning aytganlarini 
anglab olaman". 5. Farishta o‘zining asl shaklida ko‘rinadi va V.ni yetkazadi. 6. Alloh 
taolo Payg‘ambar (as)ga me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi 
narsalarni bevosita V. qilgan. V. faqat payg‘ambarlargagina nozil bo‘lgan. Jabroil farishta 
payg‘ambarlarga V. keltirishga mas’ul bo‘lgan. V. tushgan paytda, agar kunlar sovuq 
bo‘lsa ham Paygambar (as) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Sahobalardan 
Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: "Mening sonim Rasululloh (sav)ning sonlariga 
tegab turgan paytda V. tushib qoddi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi". Agar 
Payg‘ambar (as) tuyada ketayotganlarida V. tushib qolsa, og‘irlikdan tuya ham yura 
olmay qolar ekan. V.ni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning 
hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni o‘zlariga shaxsiy ko‘rsatma, 
payg‘ambarlar esa, V.ni xalqqa yetkazishi lozim bo‘lgan ko‘rsatma deb qabul qilgan. 
Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni 
o‘rnatib, undan V. (ko‘rsatma) olganliklarini da’vo qilib kelgan va shu tariqa go‘yo 
o‘zlarining kundalik muammolarini hal qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. 
V.ning faqat payg‘ambarlarga nozil bo‘lishi musulmonlik e’tiqodini mustahkamladi. Bu 
borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli bo‘lgan turli 
qo‘shimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha bo‘yicha V. ilohiy bir kuch sifatida 
insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin