Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
307
kelgan 124 ming musulmonga qarata o‘qilgan. Bu tarixiy xutba "V. x." nomini olgan
bo‘lib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilgandi.
VIJDON ERKINLIGI - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra,
mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani
bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni
hisoblanadi. Siyosiy jihatdan V.e.ga demoqratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi.
Yuridik nuqtai nazardan V.e. insonning asosiy shaxsiy huquqlari
sirasiga kiradi va
demoqratik erkinliklardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda u O’zR Konstitutsiyasida,
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul
qilingan, 1998 yil 1 mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga
ko‘ra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘yicha diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligi
ta’minlanadi (4-modda). Ushbu Qonunda ta’kidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy
e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning o‘z diniy ehtiyojlarini
qondirish
uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish
tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga
qarshi targ‘ibot olib borishda, millatlararo adovat uyg‘otishda,
vaziyatni
beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda ham
davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g‘arazli maqsadlarda foydalanishga
yo‘l ko‘yilmaydi (5-modda).
VILOYATI FAQIH - shialikda "yashiringan imom" - mahdiyning
kelishi va adolat
o‘rnatishi haqidagi g‘oyaga bog‘langan tushuncha. 1979 y.dagi Eron islom inqilobi
natijasida bu g‘oyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi
haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron islom jumhuriyatiga 1989 y.gacha
rahbarlik qilgan
oyatullo al-uzmo Ruhalloh al-Musaviy al-Humayniy ana shunday V.f. rahbari vazifasini
bajardi, ya’ni u davlatning biror lavozimida bo‘lmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy
hayotiga rahbarlik qildi.
VIRD (arab. - vazifa) - tark qilmay doim bajarib turiladigan vazifa, duo;
tasavvufda
shayx va muridlarning kundalik o‘qib yurishlari uchun zarur bo‘lgan Qur’oni karim
gilovati, zikr, tasbeh o‘garish, duo, salavotlar. Ular kechki va tunga ibodatlar orasida ado
etilib, tariqatning asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: