Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
310
- X -
XABAR (ko‘pligi axbor; "darak", "yangilik", "hikoya") - Muhammad (sav)ning so‘zlari va
xatti-harakatlari haqida rivoyat (bu ma’noda
sinonimi hadis, asar) - Qur’on va hadislarda
bu so‘z o‘zining odatdagi - "darak", "bildirish" ma’nosida qo‘llanilgan; al-Buxoriy
davridayoq (9-a.) ayrim hadislar axbor deb ko‘rsatilgan. Shialikdagi hadislar to‘plamlari
ham Axbor deb ataladi.
X. istilohi, shuningdek,
ayrim tarixiy voqea yoki fakt, tarjimai holga doir ma’lumot,
odob-axloq yoki dunyoviy xarakterdagi ko‘ngal ochdi hikoyalar ma’nosida ham
ishlatiladi.
XADICHA bint Xuvaylid (taxm. 555/556-620/ 621) - Muhammad (sav)ning birinchi
xotinlari. X. beva qolgan boy xotin bo‘lgan. Muhammad (sav) avval X.ning savdo
ishlarini boshqarganlar,
keyinchalik unga uylanib, uning mablag‘lari bilan savdogarlik
qilganlar. X. Muhammad (sav)ga ko‘p g‘amxo‘rlik va mehribonliklar ko‘rsatgan, u zotga
vahiy kela boshlaganda payg‘ambarliklariga darhol ishongan, birinchilardan bo‘lib
islomni
qabul qilgan. U Muhammad (sav)dan 4 qiz va uch o‘gal ko‘rgan, faqat kenja qizi
Fotimadan avlod qolgan.
XAYR - yaxshilik, ezgulik; musulmon diniy, ilohiyot va falsafiy
tafakkurida axloqiy va
metafizik kategoriya, yovuzlik - sharrning ziddi. Axloqiy jihatdan ularning sinonimi
sifatida jamil yoki hasan (go‘zal) va qabih (xunuk). Fiqhda yaxshilik - shariatga ko‘ra,
kishi intilishi kerak bo‘lgan narsa, yovuzlik esa - undan qochish lozim bo‘lgan holatdir.
Falsafiy va ilohiyot tafakkurida dunyoda yovuzlikdan ko‘ra yaxshilik ko‘pchilikni tashkil
qiladi va Alloh faqat yaxshilikning sababchisidir, degan qarash ustundir.
XALVATIYA - so’fiylik
tariqati; 14-a. oxirida Shim.-G’arbiy Eronda shakllangan. Tariqat
dastlab turkiy aholi o‘rtasida vujudga kelib, O’rta Osiyo tasavvuf maktabi (Ahmad
Yassaviy)ning ayrim g‘oyalari va malomatiya va qalandariyaning kuchli ta’siri ostida
faoliyat olib borgan. X. 50 dan ziyod mustaqil suluk va tariqatlarni boshlab bergan.
X.ning asoschisi gilonlik Zohiriddin Umar al-Xalvatiy (1397 y. v.e.) bo‘lgan. U o‘z
izdoshlari
uchun qoidalar ishlab chiqqan, unga ko‘ra, qat’iy ravishda zohidlikka amal
qilish (zuhd) va mutlaqo ro‘za tutish (imomlar soniga qarab) asoslab berilgan. Siyosiy
sabablarga ko‘ra, (X. tarmoqlariga Usmoniylar rahnamolik qila boshlagach) X. ta’limoti
vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchrab sunniylik tariqatiga aylangan. X. ta’limoti asosini
quyidagilar tashkil qiladi: ju’ (ixtiyoriy ochlik), samt (sukut saqlash), sahar (bedor
bo‘lmoq), i’tizol (yolg‘izlik), zikr, fikr (meditatsiya), rabt (murid
qalbi bilan shayx qalbi
o‘rtasidagi aloqa) va ibodatda doimiy pokizalik. X. tariqati yashil yoki qora rangdagi
to‘rtburchaqli qalpoq kiyishi bilan ajralib turgan.
Dostları ilə paylaş: