Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
312
XATIB (arab. - targ‘ibotchi, notiq) - masjidda juma va
hayit namozi paytida xutba
o‘qiydigan, va’z aytadigan ruhoniy. Islom muassasalarida ko‘pincha X. masjid imomi
vazifasini ham bajaradi (imom-xatib deb atalishi shundan).
XATIB BAG’DODIY, to‘liq ismi Abu Bakr Ahmad ibn Aliy ibn Sobit (1001-1071) -
mashhur muhaddis va tarixchilardan biri. Yokut Hamaviy "Mu’jam ul-buldon"da uning
ellik olti ta’lifidan bahs etadi. Kitoblarining ko‘pchiligi hadis ilmiga oiddir. 20 jildli
"Bag‘dod tarixi"dan tashqari "al-Jome’ li-odobir-roviy vas-somi’", "al-Kifoya fi-ma’rifati
usulir-rivoya", "Sharh divon Abi Tammom" kabi asarlari mashhurdir. Xususan, 20 jildli
"Bag‘dod tarixi"ni alohida qayd etish lozim. Sharqshunos Salmon
Parijda bu tarix haqida
300 sahifadan iborat bir bag‘ishlov nashr etgan. Ko‘pgana sharxlar ham bitilgan.
Vafotidan avval barcha kitoblarini vaqf etgan, boyligini xayr yo‘lida ilm va hadis bilan
mashg‘ul bo‘lganlarga bo‘lib bergan
XATMI-QUR’ON - Qur’onni batamom o‘qish va shu munosabat bilan o‘tkaziladigan diniy
marosim.
Ramazon oyida, tarovih namozida Qur’oni karimni avvalidan oxirigacha tilovat
qilib chiqilishi ham X.-Q. dir.
XATTOBIYLAR, al-Xattobiya - "o‘ta" shialikdagi guruh; Abu-l-Xattob Muhammad ibn Ali
Zaynab al-Asadiy izdoshlari. X.ning asoschisi va g‘oyaviy rahnamosining da’vatiga ko‘ra,
ilohiy ruh to Ja’far as-Sodiqqacha bo‘lgan Ali xonadoniga mansub imomlarga birin-ketin
jo bo‘lgan. Kufa yaqiniga chodir o‘rnatib Abu-l-Xattob o‘z
tarafdorlarini xudo imom
siymosida namoyon bo‘ddi deb Ja’far as-Sodiqqa ibodat qilishga chaqirgan. Bundan
xabar topgan Ja’far as-Sodiq Abu-l-Xattobdan yuz o‘gargan va uni duoibad qilgan.
Shunda Abu-l-Xattob ilohiy nur Aliylardan o‘ziga o‘tganligini da’vo qila boshlagan.
Imomiylik merosiy ekanligini rad etib, imomlik - sof g‘oyaviy fazilat, payg‘ambarlar va
imomlar ilohiy mujassamlikning ko‘rinishidir, ilohiylik - bu payg‘ambarlikdagi nur,
payg‘ambarlik -imomlikdagi nur, dunyo ilohiy nurdan mahrum bo‘lishi mumkin emas va
bu nur (imomlik) unga, yettinchi imomga o‘tganligani da’vo qilgan. 760 y. X.ning bir
qismi Muhammad ibn Ismoil tarafdorlari bilan birga
Kufada abbosiylarga qarshi
qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Qo‘zg‘olon bostirilib, Abu-l-Xattob qo‘lga olingach, bir guruh
tarafdorlari bilan birga xochga tortilgan. Ularning jasadlari yondirilib,
kallalari xalifa al-
Mansurga jo‘natilgan, xalifa ularni uch kun Bag‘dod darvozalariga osib qo‘yishni, so‘ngra
yoqib yuborishni buyurgan. Qolgan X. beshta guruhga ajrab ketishgan, ulardan biri Abu-
l-Xattobning o‘lganligani inkor etib, uni ilohiylashtirishni davom ettirgan,
boshqalari esa,
yangi saylangan imomlarni ilohiylashtirganlar. X. uchun umumiy xususiyat imomlarni
ilohiylashtirish, ularning g‘ayritabiiy bilimlariga ishonish bo‘lgan. X. jannat va do‘zaxni
majoziy talqin qilganlar, o‘liklarni qayta tirilishini inkor etishgan, ruhlarning ko‘chishini
tan olganlar. Barcha X. dastlabki uch xulafoi roshidin va sahobalarni, Alini o‘z
vaqtida
imomlikdan chetlatganlari uchun dinsizlikda ayblashgan.
X.ning g‘oyaviy izdoshlari ismoiliylar -"ettichilar" bo‘lib, ularning diniy-siyosiy qarashlari,
o‘z navbatida qarmatlar harakati mafkurasining muhim qismini tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: