XOJA AHROR MAJMUASI - Samarqand viloyati, Samarqand tumani Ulug‘bek
qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik (15-20-a.)-Xoja Ahror qabri yaqinida turli davrlarda
bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, namozgoh masjid, minora
hamda hovuzdan iborat.
XOJA MUHAMMAD PORSO, to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud al-Hofiz al-Buxoriy
(1345-1419) - O’rta Osiyoda naqshbandiylik tariqatining yirik vakili, Bahouddin
Naqshbandning xalifasi (o‘rinbosari). Buxoro madrasalarida Qur’on, hadis, kalom
ilmlarini puxta o‘rgangan. Temuriylardan Xuroson hukmdori Shohruh u bilan turli diniy
masalalar bo‘yicha yozishib turgan. Mirzo Ulug‘bek X.M.P.ning qomusiy bilimdonligiga
tan bergan. X.M.P.ga Naqshbandning o‘zi ta’lim va tarbiya bergan va o‘limi oldidan uni
o‘z o‘rniga tayin qilgan. X.M.P. "Risolai kudsiya" kitobida piridan eshitgan va o‘zi jamlab
yurgan ibratli kalimalaridan namunalar keltirib, ularni birma-bir sharhlaydi, pirining
hayoti va ma’naviy dunyosi, naqshbandiylik tariqatining asoslari haqida ma’lumotlar
beradi.
X.M.P. shariat va tariqatga oid o‘nlab asarlar yaratgan. Jumladan, "Qur’on tafsiri",
"Tariqat mashoyixlarining qudsiy kalimalaridan", "Tasavvuf istilohlari haqida risola",
"Murid odoblari haqida risola", "Karomatlar haqida risola", "Makka shahrining qisqacha
tarixi", yetmish ikki firqa", "Maqomoti Xoja Alouddin Attor", "Maqomoti Xoja Bahouddin
Naqshband" asarlarida islom dini va tasavvufga oid fikrlarini bayon etadi, eng mashhur
so’fiylarning faoliyati haqida ularning o‘z asarlari va mulohazalari asosida hikoya qiladi.
Yana bir mashhur asari - "Fasl ul-xitob bi vaslil-ahbob" ("Do‘stlar visoliga yetishda oq ila
qorani ajratuvchi kitob") esa, bir necha bor chop qilinib, islom ulamolari tomonidan eng
ishonchli qo‘llanma sifatida foydalanilgan, shariat, tariqat, diniy firqalar to‘g‘risida biron-
bir munozara chiqqudek bo‘lsa, shu asarda keltirilgan fikrlar ishonchli dalil - hujjat deb
qabul qilingan. Asarda islomda bahsli hisoblangan 500 ga yaqin masala batafsil yoritilib,
tavsiflab berilgan.
X.M.P. ikkinchi marta haj ziyoratidan so‘ng kasallikka chalinib vafot etadi. Qabri
Madinadagi "Jannatul-baqi’" qabristonida
MUHAMMAD ISLOM (1493-1563) - Jo‘ybor xojalaridan. Buxoro xoni Abdullaxon II ning
piri. Musulmon Sharqida katta nufuzga ega bo‘lgan. Hindiston, Eron, Koshg‘ar,
Badaxshon hokimlari u bilan xat yozishib turganlar. Shayboniylar davlatidaga ko‘pgana
kurilish ishlari (masjid, madrasa, xonaqoh, hammomlar, rastalar, ustaxonalar,
sardobalar, kanallar va b.) uning va o‘g‘li xoja Sa’dning (1531-89) nomi bilan bog‘liq.
X.M.I.ning Buxoro, Miyonkol, Samarqand, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg‘ob,
Mehna, Mashhad, Chorjo‘y va Andxudda katta yer mulklari bo‘lgan. Hasanxoja
Nisoriyning "Muzakkir ul-ahbob" asari unga bag‘ishlangan.