www.ziyouz.com kutubxonasi
315
XOKSOR - so’fiylik tariqati; 18-a. oxirida jaloliya-suxravardiya tariqati (Shim.
Hindistonda Sayyid Jaloliddin Husayniy tomonidan 14-a. o‘rtasida asos solingan)dan
mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan; o‘ziga haydariya (Mir Haydariya) va qalandariyaning bir
qancha guruh va jamoalarini, shuningdek, ne’matullohiylarning turli tarmoqdarini
birlashtirgan.
X. ilk tarixi mavhum, chunki tariqatning adabiy an’anasi yo‘q bo‘lgan. Bizgacha yetib
kelgan turli qo‘lyozma qo‘llanma va ko‘rsatmalar bir to‘plamga keltirilib "Risolayi tariqa-
yi faqr-i xoksor" deb atalgan. X. mustaqil nazarii qoida ishlab chiqmagan. O’zidan
avvalgi tariqatlarning qorishmasidan iborat.
"Yo‘l" to‘rt bosqichdan iborat, unda 20 yoki 44 manzil (maqom) bor, odatda shulardan
atigi 14 tasi, shuningdek, tolib-darvish sinashi lozim bo‘lgan 12 sarhushlik holati (piyala)
aytiladi. X. darvishi tariqat yo‘lidan yurishi lozim, ya’ni oziga qanoat qilmog‘i, barcha
boyligini boshqalar bilan baham ko‘rmog‘i, ustozini doimo yodda tutishi, uni kundalik
ibodatda eslashi (q. Chishtiya), sochi, mo‘ylabi, qoshi va soqolini olib yurishi (hamma
ham rioya etmagan) lozim bo‘lgan. Hayoti davomida X. darvishi to‘rtta safarni amalga
oshirishga intilish lozim: a) odamlardan xudoga; b) xudodan odamlarga, so‘ngra
xudoga, keyin xudodan xudoga; v) xudo bilan xudoda; g) xudo bilan odamlar orasida.
Tariqat a’zolari o‘zlarini - tariqa-yi alaviya-yi xoksor-i husayni-yi jaloliy - deb atashadi.
XOLID IBN VALID (? - 642) - ilk islom davridagi arab sarkardasi. Dastlab
musulmonlarga qarshi kurashgan. Uhud jangidan so‘ng islomni qabul qilgan (629).
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabiston ya.o.dagi arab qabilalarining isyonlarini
bostirgan. Hirotni egallagan musulmonlar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan,
Mesopotamiyada laxmiylarni tor-mor keltirgan. Sarkarda Amr ibn al-Os bilan birga
Suriya fathida qatnashgan, keyinchalik bu yerda voliy bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi
oldidagi buyuk xizmatlari uchun "Sayfulloh" - "Allohning shamshiri" faxriy unvonni olgan.
XOLIDOBOZIY, Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Xolidoboziy al-Marvaziy (? -
951/952) - shofi’iylikdagi yirik imom, muhaddis, faqih. Marv viloyatidagi Xolidoboz
qishlog‘ida tug‘ilgan. Bag‘doddagi al-Mansur masjidida fiqhdan ta’lim bergan.
Sam’oniyning yozishicha, turli mamlakatlardan tolibi ilmlar uning huzuriga kelib ta’lim
olishgan, 70 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik u Misrga ko‘chib o‘tib, u yerdagi
shofi’iylarning peshvolaridan biriga aylangan. Fiqhga doir 5 asar yozgan. Misrda vafot
etgan.
XONAQOH - darvishlar, qalandarlar, shuningdek, g‘arib va miskinlar to‘xtaydigan,
istiqomat qiladigan uy - qalandarxona, darvishxona. Musulmon mamlakatlarida zoviya,
tak’ya, rabot nomlari bilan ham yuritiladi.