Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə378/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
XIRQA (arab. - yamoq, quroq) - junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, so’fiylar 
kiygan. X. odatda so’fiylikda pirdan shogirdga o‘tgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u 
ko‘pincha eskirgan, quroq va yamoq bo‘lgan. X. o‘zbeklar orasida janda deb atalgan.
XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Ubaydulloh; 1404-1490) - o‘rta osiyolik shayx, 
murshid, naqshbandiylik tariqati rahnamolaridan. Hoz. Toshkent viloyati Bog‘iston 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o‘tgan. Shajarasi ona 
tarafidan mashhur Shayx Xovand Tahurga borib taqaladi. Toshkent, Samarqand 
madrasalarida tahsil olgan. X.A. ko‘proq tasavvuf ilmiga qiziqadi va shu maqsadda 
Hirotga kelib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar 
suhbatida bo‘ldi. So‘ng Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Yoqub Charxiy (1447 
y.v.e.)dan naqshbandiylik tariqati asoslarini o‘rgandi. Bahouddin Naqshband 
ta’limotining davomchisi sifatida ruhoniylar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘ldi va "valiy" 
(avliyo) deb tanildi. Ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shug‘ullandi. X.A. 
juda katta yer-suv, mol-mulkka ega bo‘lib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy 
hayotida yetakchi o‘rin egalladi. X.A. qalamiga mansub 3 risola - "Faqarot ul-orifin" 
("Oriflar so‘zlaridan parchalar"), "Volidiya", "Havroiyya" bizgacha yetib kelgan. Birinchi 
risolasida o‘zining va ba’zi tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlari, ikkinchi 
risolasida tariqat yo‘liga kirgan kishining axloq-odobi, faqr va fano tushunchalari bayon 
etilgan. Inson zohiri va botinini pokiza qilish mavzui ham asardan joy olgan. Uchinchi 
risolasi mutasavvif shoir Abu Sa’id Abulxayr (11-a.) ruboiysi sharhiga bag‘ishlangan. 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
X.A. naqshbandiylikning murshidi sifatida shuhrat qozonib, o‘z davrining ijtimoiy, 
falsafiy, ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutdi. Jomiy, Navoiy, Bobur X.A.ni o‘zlariga 
ma’naviy pir - ustoz deb bilganlar, unga bag‘ishlab dostonlar bitishgan, asarlarini o‘zbek 
tiliga o‘garishgan. X.A. Samarqandda vafot etgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin