Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
313
XIZR (as) (Xizir, Hazrati Xizr, Xizr buva, Xizr-Ilyos) - Qur’onda "Allohning quli" nomi
bilan tilga olingan taqvodor zot. X. (as) odamlarda Allohga bo‘lgan e’tiqodni
mustahkamlash
uchun Iso, Ilyos va Idris singari abadiy hayot ato etilgan
payg‘ambarlardan hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, X. (as) orollarda yashaydi,
osmonda
uchadi, hamisha dunyo bo‘ylab kezib yuradi, har yili haj qiladi,
juma kunlari Makka,
Madina va Quddus shlaridagi masjidlarda namoz o‘qiydi. Dengizda suzuvchilarga
homiylik qiladi, maxsus duolar bilan chaqirilsa, yordamga keladi:
suvga
cho‘kayotganlarni qutqaradi, yonginni o‘chiradi, o‘g‘rilar xurujidan, jinlarning
hiylalaridan, ilon chaqishidan xalos etadi va h.k. So’fiylar X. (as)ni
avliyolar piri sifatida
e’zozlaydi. Hazrati X. (as) qadimdan xalqlar tasavvurida odamlar mushkulini oson
qiluvchi, u bilan uchrashgan kishilarga baxt ato etuvchi xudojo‘y qariyadir. Xudo
yorlaqagan odamlargina X. (as)ga yo‘liqishi mumkin.
Musulmon sharqi mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyoda X. (as) nomi bilan bog‘liq
ko‘plab . qadamjolar (mas., Hazrati Xizr masjidi va b.) mavjud.
XIROJ, xaroj (arab. - soliq) - 1) o‘rta asr musulmon davlatlarida yer solig‘i. Dastlab X.ni
Arab xalifaligada faqat g‘ayridinlar to‘lashgan. Musulmonlar ushr solig‘i to‘laganlar.
Keyinchalik
yer egalari, asosan, musulmonlar bo‘lgach, X. umumiy yer solig‘iga
aylangan. X. alohida shaxsdan yoki jamoadan (butun qishloq ahlidan) olinishi mumkin
bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda u turli nomlarda atalgan. Usmonli turk imperiyasida X.
deb musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon va yer soliklari aytilgan (yana q. Jizya);
2) O’rta Osiyoda o‘rta asrlarda davlat yerlaridan to‘plangan soliq. O’rta Osiyoda 8-a.da
islom dinining tarqalishi jarayonida joriy etilgan, shariatda qonunlashtirilgan edi.
Zamonaviy soliq tizimining amalga kiritilishi bilan X. yig‘ish yo‘qolib ketdi.
Dostları ilə paylaş: