Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə383/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
XUVAHDRZODA (laqabi; asl ismi Abu Bakr Muhammad ibn al-Husayn al-Qudaydiy al-
Buxoriy) (? - 1090) - buxorolik taniqli muhaddis, mufassir va faqih. Sam’oniyning 
yozishicha, qozi va imom Abu Sobit Muhammad ibn Ahmad al-Buxoriyning jiyani bo‘lgani 
uchun X. deb laqab berilgan. Uning 5 ustozi va 3 shogirdi borligi manbada qayd etib 
o‘tilgan. X. fiqh va hadisga doir 6 asar yozgan.
XUMS (arab. - beshdan bir) - islom an’anasida musulmon qo‘shinlari qo‘lga tushirgan 
o‘ljalarning (q. Ranimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, 
keyinchalik xalifalar xazinasiga (q. Bayt ul-mol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy 
boshliqlar o‘zlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qur’on 
oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u o‘rta asrlarda barcha 
musulmon mamlakatlarida qo‘llanilgan. X. sifatida to‘plangan mablag‘larning beshdan bir 
qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini ta’minlashga, shuningdek, qo‘shinlar 
xarajatlariga sarflangan. Xalifalar va keyinga hukmronlar davrida X. xazinaga tushgan. 
XURRAMYILAR, xurramiya (fors. xurramdin - "xush, xurram e’tiqodga ega") - 
sunniylikka qarshi bo‘lgan moniylik-mazdakiylikka xos oqimlarning umumlashma nomi. 
8-10-a.larda Eronda X. shiori ostida g‘alayonlar bo‘lgan. Zardushtiylik muhitida - 
bid’atchi sekta bo‘lib, nomi zardushtiylarning o‘zlarini atashlari - bexdin - "yaxshi e’tiqod 
egasi"ga aynan mos keladi. 
Nizomulmulkning ta’rifiga ko‘ra, X. islom dushmani, ular nafaqat shariatni, balki 
umuminsoniy axloqiy normalarni ham inkor etganlar, ular barcha man etilgan narsalar 
joiz deb, jumladan, boshqalarning mol-mulki va hatto ayollariga egalik qilishni ham joiz 
deb hisoblashgan. Ular Abu Muslim, Mahdiy, Abu Muslimning qizi Fotimaning o‘g‘li 
Feruzga ibodat qilib, butun faoliyatlarini islomni buzishga qaratganlar. Ular 
zardushtiylarning goyaviy merosxo‘ri bo‘lganlar. X. mafkurasining asosini dualizm - 
yorug‘lik bilan zulmat o‘rtasidagi kurash tashkil qilgan. Ular kishilarning umumiy tengligi, 
soliq va majburiyatlarni bekor qilish, moddiy boyliklarni teng taqsimlashni yoqlab 
chiqishgan. Nazariy jihatdan X. yovuzlikka qarshi qurolli kurashni inkor etadilar, amalda 
esa, 8-10-a.da xalifalikdagi barcha qurolli xalq harakatlarini qo‘llab-quvvatlashgan. 10-
a.da xalifa qo‘shinlari X. qal’alarini tor-mor keltirgach, X.ning aksariyati shialikka o‘tgan. 
15-a.dan keyin X. atamasi manbalarda uchramaydi. 
XUTBA (arab. - targabot, nutq) - juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib 
(masjid imomi)ning va’zxonligi, diniy pand-nasihat. O’rta asrlarda X.ning muhim siyosiy 
ahamiyati bo‘lgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqqiga duo 
qilishlari lozim edi. 9-a. 2-yarmidan ayrim xukmdorlar X.da o‘z ismlarini xalifa ismidan 
keyin qo‘shib aytilishi uchun harakat qilishgan. X.da hukmdor ismining yodga olinishi 
hukmdorning mustaqil ekanliganing asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan. Hozir 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
musulmon mamlakatlarining ko‘pida X.ning mazmunida dunyoviy hokimiyat va siyosat 
masalalarini muhokama qilish o‘rin olmoqda.
XUFTON (forscha - uxlash) - 5 vaqt o‘qiladigan namozning biri. Uning vaqti shom 
namozi vaqtining tugashi bilan kiradi. Ya’ni, taqriban kun botgandan bir yarim soat keyin 
kirib, bomdod vaqtigacha davom etadi. X. namozi uchun eng barakotli, kulay vaqt 
tunning uchdan birinchi qismi hisoblanadi. X. namozi 4 rakaat farz, 2 rakaat sunnat, 3 
rakaatli vitr, vojib namozlarvdan iborat.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin