Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc


VALIY - q. Avliyo.  VALIULLOH AHMAD



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

VALIY - q. Avliyo. 
VALIULLOH AHMAD - q. Shoh Valiulloh.
VASAN (jan. arab. vsn - "chegara ustuni", "but") - johiliyat davridagi Arabistonda 
butparastlar topinadigan sanamlarni anglatuvchi asosiy iboralardan biri. V.dan tashqari 
nusub (ko‘pligi ansob) va sanam (ko‘pligi asnom) atamalari ham qo‘llanilgan. Ansob - 
butlarga atab qurbonlik qilinganlarning qoni to‘kiladigan toshlar, qabrtoshlar va 
sajdagohning muqaddas hududi (xima)ning ihotalovchi (chegaralovchi) toshlardir. 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Bunday tosh ma’bud sifatida e’zozlanishi mumkin bo‘lgan, biroq u kamdan-kam 
holatlarda doimiy topinish ob’ekti hisoblangan. Har bir manzilda ko‘chmanchilar o‘zlariga 
ma’bud sifatida yangi toshni tanlab olganlar. Mil. 4-a. o‘rtalarida, asosan, Nabateya va 
Suriya - Falastin ta’siri ostida nusub -"tarashlanmagan tosh" - Arabistondagi o‘troq aholi 
muhitida sanam yoxud V. - ma’budning haykal ko‘rinishidagi tasviriga aylangan. Ibn al-
Qalbiyning ta’kidlashicha, sanam so‘zi yog‘och va metalldan yasalgan butni anglatgan, 
V. esa, tosh haykallarni anglatadigan istiloh bo‘lgan. Biroq johiliyat she’riyatida, Qur’oni 
karimda (6:74 va 29:17/16) va hadislarda vasan va sanam terminlari bir ma’noni 
anglatgan.
 
VASIY (ko‘pligi ausiya) - vasiyatnoma ijrochisi. Islom aqidasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib 
Abdulloh ibn Sabo har bir payg‘ambarning o‘zining V.si, vasiyatnoma bo‘yicha o‘rinbosari 
bo‘lgan, deb uqtirgan. Horun (as) Muso (as)ning V.si, havoriy (apostol) Petr - Iso 
(as)ning V.si, Ali ibn Abu Tolib (kv) - Muhammad (sav)ning V.si bo‘lgan. Shialarning 
da’vosiga ko‘ra, Rasululloh (sav) Ali (kv)ni o‘zlariga voris ekanligi haqida bevosita 
ko‘rsatma berganlar. V. haqidagi ta’limotni ishlab chiqish va targ‘ib etishda kaysoniylar, 
imomiylar - isno’ashariylar jamoalari faollik ko‘rsatgan.
VASIYA (ko‘pligi vasaya; turkiycha - vasiyat) - 1) o‘lim to‘shagida yotgan kishining 
so‘ngti irodasini ifoda etuvchi topshiriq. V. haqida Qur’onda ko‘rsatma berilgan. Mol-
mulkning barcha turlari, munosabatlar, ish yuzasidan topshiriqlar, qarindosh-urug‘larga 
ko‘rsatmalar xullas, "so‘ngti xohish-istak"ni anglatuvchi barcha boshqa narsalar V. 
bo‘lishi mumkin. V.ga ko‘ra, harakatdagi va ko‘chmas mol-mulkning ko‘pi bilan 1/3 
qismi aytilgan kishiga berilishi mumkin. 2/3 qismi vorislar o‘rtasida meros tariqasida 
taqsimlanadi, V. qiluvchi agarda u boshqa merosxo‘rlarning huquqlarini poymol 
etmaydigan bo‘lsa, kimga nima qoldirayotganini ko‘rsatishi mumkin. 
V. bo‘yicha kimga mulk tegaaydigan bo‘lsa, u merosxo‘rlikka da’vo qilolmaydi. V. og‘zaki 
yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin, unda 2 guvoh (shohid)ning ishtirok etishi maqbul 
hisoblanadi. V. o‘limdan ancha avval qilinishi mumkin va V. qiluvchi uni xohlagan paytda 
o‘zgartirishi yoxud bekor qilishi mumkin. Bordi-yu, V. noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa yoxud 
merosxo‘rlar unga rozi bo‘lmasalar, qoziga murojaat qilingan. Qozi V.ni tuzatish, bekor 
qilish haqida xukm chiqargan. Hozirda V. turli mamlakatlarda mahalliy odatlarga ko‘ra 
o‘ziga xos ko‘rinishga ega. 
VASL (arab. - "etishish", "visol") - tasavvufda "fano" maqomidan keyingi martaba, 
"Fano" maqomiga yetgan solik Allohning haqligi va ulug‘liga to‘g‘risidagi fikru zikrga 
g‘arq bo‘lib, foniy dunyodaga borliq narsalarni unutib yuborgan bo‘lsa, "vasl" maqomiga 
erishgan solik Allohdan o‘zga barcha borlikdan ajralib, Allohga "etishgan" bo‘ladi. 
VA’Z, xitobat - islomda, asosan, yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi da’vat. V. ibrat 
mazmunida ham ishlatiladi. V. aytuvchilar, bu borada mutaxassis bo‘lgan shaxslar "voiz" 
deb yuritiladi. Islomdaga ilk voizlardan biri Hasan Basriy (728 y.v.e.) bo‘lgan. U garchi 
arab bo‘lmasa-da, arab nutqining mashhur ustoziga aylangan. Odamlarning yuziga 
qarab fikrini, kayfiyatini sezib olar va buni V. vaqtida nazardan qochirmasdi. Islomda 
tajovuzkorlikka da’vat etib, yomonlikni tashviqot qilish V. hisoblanmaydi.


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin