Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
VAQF (arab.) - musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy 
ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali 
rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va b. V. mulki bo‘lishi 
mumkin. O’z mulkini V.ga topshirgan shaxslar mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini 
yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs V. mulkidan 
vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun V. mulkini 
boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O’z mulkini V. mulki sifatida topshirgan 
shaxsning farzanddari yoki boshqa avlodlari mazkur V. mulkidan keladigan 
daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. V. mulkini shariat qonuni bo‘yicha davlat 
boshlig‘i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham 
amalda. 
 
VAHDATI VUJUD (arab. - birlik va borliqning bir butunligi) - abadiy yagona Allohgana 
bor, deb hisoblovchi ta’limot. Bu ta’limotga ko‘ra, moddiy olam, narsalar dunyosi haqiqiy 
emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shu’lasidir. 
V.v. namoyandalari (Ibn Arabiy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb 
hisoblashgan. V.v. ayniqsa 17-19-a.larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng 
tarqalishiga sabab bo‘lgan.
 
VAHDATI MAVJUD (arab. - mavjudot birligi) - Alloh bilan birga yagona moddiy olam 
bor, deb hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatni abadiy deb biladi. Alloh 
olamning o‘zida, unga singib ketgan deb qaraydi. V.m. vakillari odam bu dunyodan voz 
kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg‘a suradi. 
Hindistonda V.m. qadimdan mavjud bo‘lib, olamni moddiylik asosida tushunishga 
ustuvor tsarajada ahamiyat bergan. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon ruhoniylari bu 
ta’limotga shubha va ehtiyotkorlik bilan qarashgan edi. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil 
bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. V.m. namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, 
undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘liq, dunyo hamisha o‘zgarish, rivojlanish holatida 
turadi. V.m. tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi 
uchun falsafiy asoslar yaratib berdi.
VAHDONIYAT (arab. - yakkalik, yagonalik) -Allohning yakka-yagonaligani tanish va 
e’tirof etish. Islomning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik 
g‘oyasini himoya qilsa ham, bu dinlarda V. uzil-kesil shakllanmagan. Qur’oni karimda 
aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning o‘g‘li 
deb e’tiqod qilinadi (9:30). "Ixlos" surasida V. yaqqol va ravshan bayon qilingan. 
"Anbiyo" surasida esa, "Agar (osmonu zaminda) Allohdan o‘zga xudolar bo‘lganida har 
ikkisi buzilib ketar edi", deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga 
qarshi qaratilgan edi. Ko‘pxudolik e’tiqod shaklida tugab ketganiga qaramay, kishilar 
ongida turli ko‘rinishda paydo bo‘lib turadi. Hoz. zamonda islom olamida ko‘pxudolik 
aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Ko‘pxudolik xalqdarni bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa, ularni birlashtirishda 
asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin