Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
294
hisoblashadi. Qur’onni majoziy talqin qilgan T. bir qator qoidalarni olg‘a surgan, ular
so’fiylik gnoseologiyasi, kosmogoniyasi va psixologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning
fikricha, olam yaralishidan avval insonlarning ruhdari va xudo o‘rtasida "bitim" (miysoq)
imzolangan; ruhdar xudoni o‘zlarining egasi, rabbi deb e’tirof etishgan (Qur’on, 7:17) va
o‘zlarini Uning panohiga topshirishgan. Buning evaziga ularga Qiyomat kuni "Haqning
jamolini ko‘rish baxti" (mushohadat al-haqq) ato etilgan.
T. shogirdi Muhammad ibn Salim va uning o‘g‘li Ahmad ibn Salim Basrada ilohiyot
maktabi
barpo etishgan, u as-salimiya deb nomlangan. Bu maktab T. qarashlarini
keyinga avlodga yetkazgan.
TO’FON (arab. - suv toshqini) - yahudiy masihiy va islom dinlarining ilohiy kitoblarida
naql etilgan olamning suv bosishi. Qur’oni karimning bir necha oyatlarida bu voqea Nuh
payg‘ambar davrida sodir bo‘lgani qayd etilgan. T. balosining ro‘y
berishiga bois - Nuh
(as) ko‘p yillar mobaynida o‘z qavmini Allohning yagonaligi va o‘zining payg‘ambarligini
tasdiq etishga itoatsizlik qilmaslikka, soxta ma’budalarga sig‘inmaslikka chaqiradi. Lekin
qavmi unga quloq solish o‘rniga uni masxara qilib kundan-kunga haddan oshaveradi.
Toqati toq bo‘lgan payg‘ambar ular sha’niga duoi bad qilib ularga qirg‘in balosini
Allohdan so‘raydi Duosi ijobat bo‘ladi. Allohning buyrug‘i b-:n
u katta bir kema yasaydi
va unga barch jonivorlardan bir juftdan oladi. O’zi va oila a’zolari ham kemaga
minadilar. Qolgan barcha osiy insonlar va jonivorlar T natijasida halok bo‘ladi. Bu kema
ko‘p qavatli bo‘lib, uning oldi qismi xo‘rozning boshi shaklida,
orqa qismi esa, uning
dumi ko‘rinishida bo‘lgan; rivoyatlarga ko‘ra, kemaga birinchi bo‘lib chiqqan jonzod -
chumoli so‘nggisi - eshak va u bilan birga Iblis (Shayton) chiqib olgan. Kemada
Odamatoning jasadi saqlangan. Bo‘ron to‘xtagach, Nuh (as)
quruqlikni izlash uchun
qarg‘ani yuborgan, biroq u yer va yegulikni topgach, qaytib kelmagan. So‘ngr kaptar
yuborilgan, u yangi butoqcha olib kelgan Buning mukofoti
evaziga kaptarga chiroyli
shoda tuhfa etilgan, u shundan buyon barch kaptarlarning bo‘ynini bezab turadi. Nux
kemasi Judiy deb nomlanuvchi tog‘ ustida to‘xtaydi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda
kema qoldiqlari Ararat tog‘lari ustidan topilgan.