Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
291
TILOVAT - ko‘proq Qur’on o‘qish ma’nosvda ishlatiladi (q. Qiroat).
TOAT (arab. - itoat qilish, bo‘ysunish) -Allohga e’tiqod qilish,
xatti-harakat yoki itoat
etishni namoyon qilish, diniy majburiyatlarni ado etish. O’rta asr sunniy ulamolari T.ni
ilohiy amrga rioya etish yoki mos kelish (muvofaqat al-amr) deb ta’riflashgan va uni bir
necha darajaga bo‘lishgan. T.ning insonni Alloh oldida taqvodor (mo‘min) qiluvchi va
unga jannatni va’da etuvchi eng yuqori darajasi - bu dinning asosi (usul ad-din)ni
Allohning
yagonaligi, ilohiy adolatni takdiri azal va b.ni hamda islom dinining beshta
asosiy arkonini (arkon shariat al-islom: Allohning yagonaligi va Muhammad (sav) uning
payg‘ambari ekanini, namoz, zakot, ro‘za va haj amallarini) bilishni o‘z ichiga oladi.
Shariat tomonidan belgilab qo‘yilgan ushbu amallar (majburiyatlar)ni ado etish ham T.
deb ataladi. T.ning keyingi darajalari e’tiqod qilishning sanab o‘tilgan arkonlariga amalda
rioya etishni, belgilab qo‘yilgan diniy majburiyatlarga
nafaqat rioya etishni, balki har
qanday gunoxdardan xoli bo‘lish uchun qo‘shimcha (navofil) majburiyatlarni bajarishni
ham o‘z ichiga oladi. T.ning darajalarini musulmon ulamolari insonning bu dunyodagi
(jizyadan, asirlikdan ozod bo‘lish, musulmon odatiga ko‘ra
dafn etilish, xudoning
marhamatiga sazovor bo‘lish va h.k.) hamda narigi dunyodaga o‘rni (do‘zahda abadiy
qolishdan xalos bo‘lish, jannatga kirish tartibi va h.k.) bilan ham bog‘laganlar.
Dostları ilə paylaş: