Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
290
hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, T. hadisning darajasini
aniqlashda "sahih"dan keyin "hasan" bosqichini ham kiritdi. Hasan - zaif bo‘lmasa-da,
sahixdan darajasi pastrok hadislarga nisbatan berilgan baho. U hadisning
qonunshunoslikka qanday taalluqli ekanini ham ko‘rsatdi.
Imom Muslim va Imom Abu
Dovudlar bilan ham suhbatlashgan. T. "Jomi’ as-sahih"dan tashqari "Shamoili Nabaviya"
("Payg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "Kitob uz-zuad" ("Zohidlik kitobi")
"Asmo’ us-sahoba" ("Sahobalarning ismlari"), "al-Asmo’ val-kuno" ("Ismlar va
kun’yalar"), "Kitobul-ilal" ("Illatlar kitobi") va b. asarlar yozgan. "Shamoili Nabaviya"
("Shamoili Muhammadiya", Toshkent 1991), "Sunani Termiziy" (Toshkent, 1999) kitobi
o‘zbek tilida chop etilgan. T. fiqhga oid kitob ham yozgan, lekin u bizgacha yetib
kelmagan. 1990 y.da T. tavalludining 1200 yilligi O’zbekistonda keng nishonlandi.
TERMIZIY al-Hakim, Hakim Termiziy (to‘liq nomi Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ali at-
Termiziy) (9-a. oxirida vafot etgan) - so’fiylikning yirik vakili. Termiz sh.da tug‘ilgan.
O’zi yozgan "tarjimai holi"ga ko‘ra, 8 yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan shugullangan.
28 yoshida haj ziyoratidan qaytgach, so’fiylik yo‘liga kiradi. Abu Turob Naxshabiy, Yahyo
Jalla Ahmad ibn Xadravayh va b. so’fiylarni T.ning piri deb hisoblaydilar. T. asarlari (ular
80 ga yaqin) so’fiylik tarixini o‘rganishda ahamiyatlidir.
Ularda jon, uning holatlari va
harakatlari, insonning o‘zini takomillashtirishi, tuban tug‘ma hirs-tuyg‘ularini jilovlab,
o‘z-o‘zini poklashi zarurligi
haqidagi fikrlar bayon etilgan, bu esa, keyingi davrlarda
yashagan so’fiylarga kuchli ta’sir o‘tkazgan. T. fikricha, aql-zakovat o‘zlashtira oladigan
eng oliy bilim - ma’rifat
yoki hikmatdir, bu - inson qalbini yorituvchi "ilohiy nur"dir. Turfa
ilmlarni o‘qib-o‘rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo, asl ma’rifat Allohning
o‘zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo‘ladi. T. so’fiy-avliyolarni
ayni shunday zotlar
sirasiga kiritadi. Ilm-fanning turli sohalarida mashhur bo‘lgani uchun zamondoshlari T.ni
"al-Hakim" deb ulug‘lashgan.
Dostları ilə paylaş: