www.ziyouz.com kutubxonasi
288
TAYAMMUM (arab.) - tahoratning bir turi. Suv bo‘lmaganda qum yoki tuproq bilan
tahorat qilib, ramziy poklanish. Suv bo‘lmaganda yoki suv bo‘lsa ham undan foydalanish
kasallikka olib kelsa, suvni olish imkoniyati yo‘q hollarda T. g‘usl hamda tahoratning
o‘rniga o‘tadi. T. qilish Qur’on oyatlari va sunnat ila sobit bo‘lgan. Payg‘ambarimiz "agar
ummatim o‘n yil suv topa olmasa T. kifoya qiladi", deganlar. T.ning 4 ta farzi bor. 1.
Niyat. 2. Yer jinsidan bo‘lgan toza tuproq, 3. Ikki qo‘lni tuproqqa yoki yer jinsidan
bo‘lgan narsaga yoki ursa changgi chiqadigan ko‘rpa, yostiq va b. toza matoga bir bor
urib, yuziga surtadi. 4. Ikkinchi bor yana ikki qo‘lni urib, ikkala qo‘lini tirsagi ila qo‘shib
surtadi.
TAQVO (arab. - saqlanish, parhezkorlik, xudodan qo‘rqish) - islomda dindorlikni
ifodalovchi tushuncha. Qur’oni karim va hadisi shariflarda T. bir necha mazmunlarda
keladi. Mas., Allohdan qo‘rqish, do‘zahdan saqpanish, parhezkorlik va b. Odatda dinga
juda berilgan, o‘zini harom va shubhalardan saqpab yuruvchi odam taqvodor deb
atalgan. Allohga T. qilish undan qo‘rqishdir. Allohdan qo‘rqish esa, gunoh ishlarni tark
etish va b. savob ishlarni ko‘plab qilish bilan sodir bo‘ladi. Islom dinini bir tomonlama
talqin qiluvchilarda taqvodorlik to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha shakllangan. Aksarilar T.ni
tarki dunyo qilish, qorong‘i xonaga kirib zikru ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish deb
tushunadilar. Hazrati Umar (ra)dan T. nima, deb so‘raganda, arablar sertikon
maydondan yalang oyoq bo‘lib, tikondan saqlanib o‘tib ketishni T. deb ataydilar,
deganlar. Xayotda gunoh ishlar ham xuddi tikonlarga o‘xshaydi, kim ulardan ehtiyot
bo‘lmasa, ozor chekadi, ulardan saqlanib yurgan kishi esa, T. qilgan bo‘ladi. Oqibatda T.
inson qalbidagi holatga aylanadi. Bu holat qalbni hassos qilib, har doim Allohdan qo‘rqish
sezgisi bilan yashaydigan qilib qo‘yadi.
TAQDIR (arab. - oldindan belgalangan hayot yo‘li), q i s m a t - inson hayoti va
faoliyatini hamda olamdagi barcha hodisalarni Alloh irodasiga bog‘lovchi diniy tasavvur.
Islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e’tirof etilgan aqidalardan biri. T.ga
ishonish barcha dinlarga xosdir. Lekin ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlar bilan
talqin etiladi. Islomda T. xudoning qudrati tarzida namoyon bo‘ladi. Qur’onda "odamlar
faqat xudo xohlaganinigina xohlay oladilar", "xudo o‘z istaganini qiladi" degan oyatlar
bilan ta’kidlanadi. Islomda T. masalasida qadariylar bilan jabariylar o‘rtasida tortishuvlar
bo‘lgan, kalomda o‘rtacha yo‘l topishga harakat qilingan. Mutakallimlar taqdirni inson
iroda erkinligi bilan kelishtirishga harakat qilgan, bandaning gunohlardan xoli bo‘lishi,
uning diniy e’tiqodiga, diniy faoliyatiga - savob ish, xayr-ehson qilishga bog‘liq deb
bilgan.