Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
286
T. o‘z asarlarida ilmi kalomning muhim mavzularidan biri
- insonning iroda erkinligi
masalasiga kengroq to‘xtaladi. Uning fikricha, olijanoblik xislati va xayrli ishlar aslida
Allohning mohiyatidan kelib chiqadi va U insonlarni yomon xulq-atvordan
tiyilib turishga
buyuradi. Yomon xulq, gunohdar esa inson uchun xos bo‘lmay, shular vositasida
sinovdan o‘tkazib turiladi. Binobarin, Alloh o‘z bandalariga ikki yo‘lni ko‘rsatadi, ya’ni
inson xayrli,
sharafli ishlar qilib, savob oladi yoki nomatlub ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib,
gunohga botadi va shunga yarasha jazosini oladi. T.ning ta’kidlashicha, Alloh tomonidan
kishilarga ko‘proq xayrli ishlarigana buyurilgan, g‘ayri sha’riy
ishlar esa, insonning o‘z
irodasiga bog‘likdir. Shu boisdan ham Alloh yomon xulq-atvorli odamlarni qilmishiga
ko‘ra jazolaydi. Shuningdek, T. islom falsafasi - kalomga mantiqiy
xulosalarni tatbiq etib,
ilohiyotning fan sifatida rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: