Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
e’tirof etilgandan so‘ng uning himoyasi ostida eng keskin mavqeidagi turli xil jamoa va 
oqimlar -hurufiylik, ahd-i haqq va h.k. ish olib bora boshladi. Anatoliyada, keyin esa 
Bolqonda, O’rta Osiyo va Eronda aralash so’fiylik -shialik ta’limotiga amal qiluvchi 
tariqatlar (bektoshiya, mavlaviya, nurbaxshiya, ne’matullohiya, kubraviya, xalvatiya, 
zahabiya) tarqaldi. 
T. tarafdorlari soni ortishi bilan uning tartibotlari rasmiylasha bordi, tariqatlarning 
tuzilmalari murakkablashib, ichki hayoti qat’iy belgilab qo‘yila boshladi. Tariqat boshlig‘i 
o‘z vazifalarini avvalgidek bevosita emas, ko‘p sonli vositachilari (xalifa, muqaddam) 
orqali amalga oshirdi. Dunyoviy hokimiyatlar qo‘llab-quvvatlashini istagan shayxlar 
tobora ularga bog‘liq bo‘lib qola boshladi. Ayrim mamlakatlarda (Misr) tariqat rahbarlari 
amalda hukmron doiralar va yirik yer egalari bilan qo‘shilib ketdi. Bunday salbiy 
hodisalarga norozilik tarzida malomatiylar an’analari tiklana boshladi, biron-bir tariqatga 
aloqasi bo‘lmagan darbadar darvishlar ko‘paydi. 19-20-a. boshida T. musulmon 
davlatlari siyosiy va diniy hayotida muhim rol o‘ynashda davom etdi. Musulmon 
olamining u yoki bu mintaqasidagi muayyan vaziyatga qarab bu rol ham reaktsion, ham 
nisbatan ilg‘or bo‘lishi mumkin edi. Sharkda jamiyatning yoppasiga din ta’siridan chiqa 
boshlashi, xo‘jalik va madaniy hayotdaga o‘zgarishlar, yanga ma’naviy va axloqiy 
qadriyatlar tomon yuzlanish T.ning mavqeiga hamma joyda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Ko‘pchilik arab mamlakatlarida T. diniy-siyosiy doiralar tomonidan keskin tanqidga 
uchradi. Yosh avlodning ko‘pchiligi T.ni o‘z mamlakatining qolokdigi sabablaridan biri deb 
bildi, uni taraqqiyot va gullab-yashnash yo‘lidagi g‘ov deb hisobladi. Bir qancha 
musulmon mamlakatlarida tariqatlar faoliyati qisman yoki butunlay man qilindi. Garchi 
T. o‘zining avvalgi obro‘sini ancha yo‘qotgan bo‘lsa-da, u shahar va qishloq aholisining 
muayyan qatlamlari orasida o‘z ta’sirini saqlab kelmoqda. Ular ruhiy taskin va madad 
izlab, so’fiylik tariqatlari safiga kirmoqda. 20-a.da ham yangi suluklar paydo bo‘lganligi 
T.ning yashovchashshgidan dalolat beradi. Bu suluklarga Jazoirdagi al-alaviya (asoschisi 
Ahmad al-Alaviy, 1934 y. v.e.), Tunisdagi al-madaniya (asoschisi Muhammad al-
Madaniy, 1959 y. v.e.), Qohiradagi al-Hamidiya-ash-shoziliya (asoschisi Salama ar-
Radiy, 50-y.lar oxirida v.e.)ni kiritish mumkin. Hozirgi davrda so’fiylik "yo‘li"dan borish 
uning muxlislariga (shayx va uning yaqin safdoshlari bundan mustasno) o‘z jamoat 
vazifalarini bajarishiga xalaqit bermaydi. So’fiylar orasida (ularning ko‘pchiligini hamon 
kuyi ijtimoiy tabaqalar tashkil etadi) birmuncha "obro‘li" kasb vakillari: o‘qituvchilar, turli 
darajadagi davlat xizmatchilari, uchuvchilar va h.k. bor. Ularning tariqatga a’zoligi ko‘p 
jihatdan oilaviy an’analar bilan bog‘liq bo‘lib, chuqur ichki e’tiqod oqibatida emas.
TASBIH (arab.) - 1) "Subhonalloh" ("Alloh har qanday sherikdan pok" kalimasini 
aytish); 2) duolar va ibodat so‘zlarini hisoblash uchun ishlatiladigan munchoq shodasi. T. 
ishlatish keng tarqalgan barcha dinlarda uchraydi, dindorlik va taqvodorlik belgisi 
hisoblanadi. Musulmonlarda 33 bor subhonalloh, 33 bor alhamdulilloh va 33 bor Allohu 
akbar kalimalari ushbu tasbeh bilan sanaladi. 
TAFSIR (arab. - bayon qilish, ochib berish va ravshan qilish) - inson qudrati yetguncha 
Qur’oni karimdagi Allohning murodini o‘rganadigan ilm. Bu ilm Payg‘ambar (sav)ning 
davrida yuzaga kelgan. U kishi odamlarga Qur’onning ma’nolarini bayon qilar, 
sahobalarning Qur’on oyatlari ma’nosi to‘g‘risidagi savollariga javob berar edi. 
Sahobalarga T. ilmi Payg‘ambar (as)dan meros qoldi. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, 
Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin