Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
279
Uni masjidda jamoa bilan o‘qish sunnatdir. Jamoatga kelishga imkoniyatlari yo‘q kishilar
uylarida o‘qisalar ham bo‘ladi.
TAROZIY, Sayyid Abu Nasr Mubashshir (1896, Avliyoota - 1977, Qohira) - ulamo, adib.
Toshkentdagi "Abulqosim", Buxorodagi "Mir Arab" madrasalarida o‘qidi. Taniqli
ilohiyotchi shayx Muhammad al-Asaliy ash-Shomiy (Shomiy domla)dan saboq oldi. 20-
y.lar boshida avj olgan xudosizlikka qarshi "Qur’on va nubuvvat" ("Qur’on va
payg‘ambarlik") kitobini yozdi. T.ning o‘zbek
tilidagi bu kitobi fors, arab tillarida yozilgan
boshqa asarlari bilan birga ko‘p o‘tmay sho‘rolar tomonidan musodara qilindi. T. "Ulamoi
Turkiston" jamoasining jurnali -"Izoh ul-Marom" tahririyatida ishladi (1923), Taroz sh.
diniy idorasiga rahbarlik qildi, maktablar ochib islom dinini targ‘ib etdi. Uning bu faoliyati
sho‘rolarga yoqmas edi. T. 1930 y. Vatanini tark etishga majbur bo‘ldi,
umrining
oxirigacha muhojirlik (Afg‘oniston, Misr)da yashadi. 1960 y. Misr Prezidenti J.A. Nosir
uni shaxsan qabul qilib, Turkistonni ozod qilishga qaratilgan siyosiy faoliyatini
to‘xtatishni talab qildi. Shundan so‘ng T. faqat ilmiy-ijodiy ish bilan shug‘ullandi. T.ning
islom ilohiyotiga oid 47
asari bor, uning diniy mavzudagi maqolalari Misr, Saudiya
Arabistoni, Suriya, Iroq, Livan, Hindiston, Yaponiya, Pokiston,
Indoneziya, Afg‘onistonda
chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: