www.ziyouz.com kutubxonasi
276
va lotin tilidan arabchaga tarjima qilingan. Keyinchalik T.ning qibtiy, suryoniy, qad.
yahudiy tilidan nasorolar va samariylar o‘zlarining ehtiyojlari uchun tarjimalar qilishgan.
Taxm. 9-a.dan musulmon mualliflari T.ning Muhammad (sav)ning payg‘ambarliklari
haqidagi xabar keltirilgan qismini dalil qilib keltira boshlashgan. T.ni asrlar davomida
talqin va qayta talqin etish natijasida iudaizmning yana bir muqaddas kitobi Talmud
(qad. yahudiy tilida ta’limot) shakllangan, unda iudaizm aqida va marosimlari batafsil
yoritilgan. Shuning uchun Talmud yahudiy diniy jamoalarida kenfoq amaliy rol o‘ynaydi.
T.ning asosiy aqidalari va rivoyatlari muayyan tarzda Qur’onda ham uchraydi.
TAVHID (arab. - yakkaxudolik) - umumiy ma’noda yakkaxudolik haqidagi ta’limot (q.
Vahdoniyat). Shar’iy istilohda esa, T. -islomda Allohga shirk keltirishning turli
ko‘rinishlaridan voz kechish va Alloh subhanahu va taoloning zotida ham, sifatlarida
ham, ishlarida ham, ismlarida ham, hukmlarida ham sherigi yo‘q, deb e’tiqod qilishdir. T.
Qur’on va sunnat ulamolari nazdida uch qismdan iboratdir: Sifatlar T.i, Robbilik
(Parvardigorlik) T.i va Ilohiylik (ibodatga sazovorlik) T.i. So‘ngra Ilohiylik T.ining o‘zi
yana ikkiga bo‘linadi: Isbot va ma’rifatdagi T. hamda talab va qasddagi T. T. islomda
(sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e’tirof etilgan aqidalarning birinchisi,
mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun
Qur’onning 112-"Ixlos" ("Poklanish") surasi ham ba’zan T. deb yuritiladi.
TAJALLI (ko‘pligi tajalliyot) - "xudoning namoyon bo‘lishi", Allohning dunyoda namoyish
etishi. T. tushunchasini dastlab basralik zohid Raboh ibn Amr al-Qaysiy (796 y. v.e.)
kiritgan.
Mashhur so’fiy Saxl at-Tustariy (896 y. v.e.) T.ning uch turini farqlagan: a) ilohiy
mohiyatning namoyon bo‘lishi (tajalli az-zot), yoki ilohiy vahiy (mukashafa); b) ilohiy
mohiyatning o‘z sifatlarida namoyon bo‘lishi (tajalli sifat az-zot), yoki nur taratish
(maudi'an nur); v) ilohiy hukmning namoyon bo‘lishi (tajalli hukm az-zot), yoki kelajak
hayot (al-axira va ma fiha). Al-Hallojga ko‘ra, Alloh doimo insonlarga narsa va atrofdagi
hodisalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (yatajalli), lekin Uni faqat ozgina mumtoz
insonlargina tanishlari mumkin.
T. atamasini so’fiylar - vahdati vujud ta’limoti tarafdorlari keng ishlatganlar