Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
274
- T -
TABARIY, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir (839-923) - arab tarixchisi, faqih, tafsirchi.
Asli Tabaristonning Amul sh.dan, badavlat xonadonda tug‘ilgan. Yetga yoshida Qur’onni
yoddan bilgan, sakkiz yoshvda
jamoa namozida imomlik qilgan, to‘kqiz yoshida
hadislarni yozib bora boshlagan. Umrining ko‘pini Bag‘dodda o‘tkazgan. T. arab
xalifaligiga tobe bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarni aylanib chiqqan. T. rasmiy
lavozimlardan
voz kechib, butun umrini ilmga bag‘ishlagan. U o‘rta asr fanining
birmuncha sohalarini, xususan, fiqh hamda
tarixni mukammal egallagan, Qur’on va
hadis bo‘yicha yirik asarlar yaratgan. T. asarlarida islom va arab xalifaligi tarixi keng
yoritilgan. "Tarixi Tabariy" asari muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, u
Qur’onning 30 jilddi yirik tafsiri muallifi. Bag‘dodda T. "Jaririya" (otasi nomidan)
huquq
maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Hanbal qarashlarini tanqid qilganlar.
Dostları ilə paylaş: