Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
273
kitoblar va maktublar,
jumladan, "Avorif al-maorif asarini yozgan. Bu kitob keyingi
davrlarda yashagan barcha so’fiylarning avlodlari uchun axloq va amaliyot bo‘yicha
qo‘llanma sanalgan Keyinchalik S. Hindiston (Sind, Panjob Mo‘lton, Gujarot)da
tarqalgan
va chishtiylk bilan bir qatorda eng ta’sirli tariqat sanalgan,
dastlabki davrda bu
mamlakatga kelib qolgan kamsonli musulmonlarni birlashtirishda muhim rol o‘ynagan.
SUHUF (arab "sahifa" so‘zining ko‘pligi) -Qur’onning dastlab to‘plangan ilk qo‘lyozmasi
Manbalardagi ma’lumotlar bo‘yicha, Muhammad (sav) vafotlaridan bir yil keyin - 633
Y.DA xalifa Abu Bakr Qur’onni xilma-xil yozuvlardan va uni yodda saqlagan kishilardan
olgan va to‘plashni oxirgi davrlarda Rasulullohga kotib bo‘lib
xizmat qilgan Zayd ibn
Sobitga topshirgan. Tayyorlangan qo‘lyozma S. degan nom olgan. S. yozuvlari va qorilar
og‘zidan tinglab yozilgan mushaflar soni 4 yoki 5 ta ekani to‘g‘risida turli rivoyatlar bor.
Bu ish uchinchi xalifa Usmon (ra) xalifaligi davrida amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: