Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
SUFRIYLAR, as-Sufriya - xorijiylarning uch asosiy jamoalaridan biri. 7-a. 2-yarmida 
Basra (Iroq)da vujudga kelgan. Asoschisi -Ziyod ibn al-Asfar, jamoa uning otasi ismidan 
"sufriylar" (sufr - asfarning ko‘pligi) deb atalgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya davri (680-
683)da S. Basra atrofida Abu Bilol Mirdas rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘targanlar. 681 y. 
Mirdas o‘ldirilib, uning tarafdorlari qirg‘in qilingach, Solih ibn Musarrih Basrada S.ning 
g‘oyaviy rahbari va boshlig‘i bo‘lgan, u umaviylarni ag‘darib tashlashga va hukmron 
doiralardan qasos olishga da’vat etgan. 695 y. Dajla (Tigr) daryosi yuqori havzasida S. 
qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Solihning o‘limidan so‘ng (696 y.) qo‘zg‘olonga rahbarlikni 
Shabib ibn Yazid qo‘lga olgan. S. O’rta Iroqqa tarqalib, Madoinni egallashgan va unda 
mustahkam o‘rnashib olishgan. Biroq ikki jangda ko‘p talafot ko‘rgach, Shabib azrakiylar 
bilan qo‘shilish maqsadida Kermonga chekinishiga qaror qilgan. Daryodan kechib o‘tish 
chog‘ida Shabib cho‘kib ketgan, shundan keyin S. ko‘zg‘oloni tezda bostirilgan (697 y.). 
S. jamoasining vujudga kelishi xorijiylar o‘rtasidagi diniy-siyosiy ixtiloflar bilan bog‘liq. 
Xorijiylar kimni "kofir" deb hisoblash lozim va ularga qanday munosabatda bo‘lish kerak 
degan masalada ixtilofga borishgan. Azraqiylardan farkli ravishda S. qo‘zg‘olonda 
qatnashmagan dindoshlarini kofir sanamaganlar: ular azraqiylar tomonidan o‘z 
dushmanlarining ayol va bolalarini o‘ldirishlarini qoralaganlar, lozim bo‘lganda o‘z 
e’tiqodlarini yashirish (at-taqiya) mumkin deb hisoblashgan. 
SUXRAVARDIY (Shahob ad-din Yahyo as-Suxravardiy; 1155-1191) - Eron tasavvuf 
faylasufi, "porlash" (ishroq) haqidagi ta’limot asoschisi, shu tufayli uni Shayx ul ishroq 
deb ham atashadi. E’tiqodsizlikda va ismoiliylikni targ‘ib qilishda ayblanib Saloh ad-din 
amri bilan Halab sh.da qatl qilingan. S. falsafiy qarashlariga zardushtiylik kuchli ta’sir 
etgan. U borliqqa xilma-xil tezlikdagi ranglar majmui sifatida qaradi, ularni esa, Avesto 
qahramonlarining nomi bilan atadi. S. o‘ziga xos qorishiq ta’limot yaratdi, bu ta’limotda 
zardushtiylik belgilari bilan birga tasavvufga oid qarashlar qo‘shilib ketgan edi. S. juda 
ko‘p g‘oyalarni so’fiylik merosidan olgan, biroq u amalda so’fiy bo‘lmagan, balki 
musulmon falsafasiga yaqinroq turgan. Uning g‘oyalari Eron mutafakkirlari orasida keng 
tarqalgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin