TABARONIY, to‘liq ismi Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873, Tabariya
qasabasi (Shom) - 973, Isfahon) -yirik muhaddislardan biri. Sahih hadislarni yig‘moq,
uchun Yaman, Misr va b. islom ilm markazlarini Kezib chiqqan. Hofiz Abu Nuaym kabi
tanikli muhaddislar uvdan hadis rivoyat etganlar. Asmoi sahobaga doir "Mo‘‘jami kabir",
"Vasiyat", "Sag‘ir" nomli mo’tabar asarlar yozgan.
TABAQOT (tabaqaning ko‘pligi; "qatlam", "avlod", "daraja") - ma’lum bir vaqt oralig‘ida
yashagan shaxslar, "avlodlar tarjimai holi" (biografiyasi).
Arab tarixshunosligida T. Biografik janrning maxsus tarmog‘ini tashkil etib, unda
material xronologik tartibda, avlodlar bo‘yicha, eng dastlabkisidan so‘nggisigacha
(Muhammad (sav)ning safdoshlari - sahobalar, so‘ng ularning shogirdlari va b.)
joylashtirilgan. Regaonal tamoyilga ham rioya qilingan - material shaharlar, alohida
mavzelar va Xalifalikning viloyatlari (ba’zan butun islom dunyosi tegrasida) bo‘yicha
taqsimlangan. T. adabiyoti hadis ilmi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. U isnodning
haqqoniylik darajasini aniqlashda ma’lumotnoma rolini o‘ynagan. Bizgacha T. turidagi
yetib kelgan eng ilk asar Ibn Sa’d (784-845)ning "Kitob at-tabaqot al-kabir"dir. Asarda
hadislar aytgan 4250 shaxs (sahobalardan boshlab)ning tarjimai holi keltirilgan.
Islomning dastlabki davrida T. asosan hadis bilimdonlari va faqihlarga atalgan. Biroq,
madaniy ehtiyoj va ilm-fan taraqqiyoti keyinchalik turli kasb va darajadagi shaxslarning
(shoirlar, adiblar, kotiblar, vazirlar, tilshunoslar, tabiblar, donishmandlar, va’zxonlar,
qorilar, faqihlar, so’fiylar va b.) avlodlarini xronologik tartibdagi T.lari paydo bo‘lishiga
imkon berdi.
TABLIG’ (arab. - xabar yetkazmoq, tushuntirmoq) - biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar
orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish. 'Tablig‘"chilar jamoasiga 20-a.ning 20-y.larida
Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan. Oqimning maqsadi aholini yoppasiga
islomlashtirishga erishish. Har o‘n "tablig‘"chini bir amir boshqaradi. Hozirda ushbu oqim
Pokistonda keng tarqalgan. Juda sayoz diniy bilimga ega bo‘lgan "tablig‘"chilar 90-
y.larning boshida O’zbekistonda ham faoliyat ko‘rsatishga harakat qildi.