www.ziyouz.com kutubxonasi
104
HISBA - vijdon amri yoki xizmat yuzasidan shariat normalariga amal etilishini nazorat
qilish; uni amalga oshiruvchi shaxs muhtasib deb ataladi. Dastlab xalifa Ali (kv) davrida
qayd etilgan, lekin H. istilohi o‘rniga dastlab amr bi-l-ma’ruf va nahy anil-munkar
("yaxshilikka buyurish va yomonlikni man etish") iborasi qo‘llanilgan, u keyinchalik H.
istilohini izoxlash uchun ishlatilgan.
HISHOM ibn al-XAKAM, Abu Muhammad al-Kufiy (? - 814) - kinda qabilasi mavlosi -
mashhur ilohiyotchi-munozarachi, shialik aqidasi asoschilaridan biri, shialar tarixchisi va
nazariyotchisi; uning izdoshlari o‘zlarini al-hishomiya deb atashgan. Vosit sh.da tug‘ilib
o‘sgan, Kufada yashagan. Imom Muso al-Kozimdan 50 ming dirham olib savdogarchilik
bilan shug‘ullangan va Bag‘dodga ko‘chib borib savdo uyini boshqargan. Bag‘dodda vafot
etgan. Ja’far as-Sodiqning shogirdi bo‘lgan H.i. al-H. yoshlikdan falsafa va ilohiyot
muammolariga qiziqqan. Ilmning yetuk namoyondalari bilan muloqotda bo‘lishi
natijasida u imomiylik haqidagi ta’limotning eng zo‘r bilimdoni va nazariyotchisi bo‘lib
yetishgan. Muso al-Kozim o‘z tarafdorlarini quvg‘in qilinishidan saqlash maqsadida uni
ilohiyot bilan shug‘ullanishini va munozaralar qilishini taqiqlagan.
O’rta asr musulmon olimlari X- i. al-H.ni antropomorfizm (Allohni inson qiyofasida
tasavvur etish) haqidagi ta’limot asoschisi deb hisoblashgan. Dastlab u Allohni yorqin,
ko‘zni qamashtiruvchi nurga, shaklsiz yombiga, kristallga qiyoslagan. So‘ngra. U bundan
kaytib, xudo - bu jism, u hech qanday jismga o‘xshamaydi, u o‘z holicha mavjud. Uning
intihosi va o‘zaro teng uch o‘lchamida cheklangan. rang, hid, harakat qilish, orom olish
va b.ga ega, biroq bu sifatlarning barchasi bir-biriga o‘xshashdir (uning rangi uning
hididir, uning hidi uning harakatidir va b.). Uning turar joyi - taxt, lekin bu joy xudoning
harakati natijasida paydo bo‘lgan.
H. i. al-H. 26 ta asar yozgan, jumladan "Ixtilof an-nos fi-l-imoma" risolasi shialikdagi
ilohiyotga doir ilk asarlardan sanaladi.
HOJI - haj marosimlarini to‘la-to‘kis bajargan shaxs. Odatda bunday kishilarga H. so‘zini
qo‘shib murojaat qiladilar (mas. Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona va h.k.).
Kurbon hayiti kunlaridan boshqa vaqtlarda Makka va Madinani ziyorat qilganlar umrachi
yoki arabcha "mu’tamir" deb ataladi. Quyidagi shartlarga javob bergan kishilar H. bo‘la
oladi; 1) islom dinida bo‘lish; 2) balog‘atga yetmoq; 3) esli-hushli bo‘lmoq; 4) qodir
bo‘lmoq, ya’ni: a) jismonan sog‘lomlik, b) haj safari uchun hamda Vatanda qolayotgan
oila a’zolarining xarajati uchun kifoya qiladigan mablag‘ga ega bo‘lmoq, v) ayol kishi
uchun mahram (unga uylanishi mumkin bo‘lmagan er qarindosh) bilan borishi. O’zi
bormasdan birovga haq to‘lab, sirtdan haj (hajji badal) qilgan odam ham H. hisoblanadi.
H.lik - biror imtiyoz beradigan mansab yoki lavozim emas. Aksincha, u kishiga jamoada
kamtarin, taqvodor, husni xulkli bo‘lib yurish mas’uliyatini yuklaydi. Nogiron kishilar haj
qilmoqchi bo‘lsalar, ularga doim qarab turadigan yordamchi lozim.
HOKIM ("hal qiluvchi") - sudlanuvchi taraflar o‘zaro kelishuvga binoan ishni hal etish
uchun murojaat qilishadigan xolis sudya (hakam). H.ga qozi huzurida ish qo‘zg‘alguncha
murojaat qilish tavsiya qilingan. H. hech qanday ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lmagan,
uning maqomi belgilanmagan, u hech kim tomonidan tayinlanmaydi, balki hayotiy
tajribasi va obro‘-e’tiboriga ko‘ra, atrofdagilar tomonidan qo‘yilgan. Shuning uchun bir