www.ziyouz.com kutubxonasi
105
qabila yoki qishlokda bir paytning o‘zida bir necha H. bo‘lib, boshqasida esa, umuman
bo‘lmasligi mumkin. H. shaxsiga nisbatan qandaydir maxsus talablar qo‘yilmagan: xar
qanday kishi. garchi uning hech qanday ma’lumoti bo‘lmasa-da va biron-bir jismoniy
nuqsoni bo‘lsa-da H. bo‘lishi mumkin. H.ning asosiy maqsadi tomonlarni kelishtirish
bo‘lib, u o‘z qarorlarida biron-bir huquqiy manbalarga suyanishi shart bo‘lmagan, shu
bilan birga u islom huquqi normalari (fiqh), odatiy huquq (odat) yoxud o‘zining hayotiy
tajribasiga birday suyanishi mumkin edi.
O’rta asr davlat-ma’muriy amaliyotida H. deb ba’zan kichik shahar yoki qishloqning
saylab qo‘yiladigan rahbariga, shuningdek, biron-bir viloyatni boshqarish uchun
tayinlanadigan hukumat amaldorlariga aytilgan.
HOL (ko‘pligi ahvol; yoxud hola, ko‘pligi holat) - buyum, inson, xudo va b. holati.
Qur’onda ushbu ma’noda qo‘llanilmagan.
So’fiylik "psixologiya"sida H. - Allohga intilish "yo‘lida" so’fiy, uning irodasidan tashqari
va mukammallikka erishganlik darajasidan qati nazar tushadigan holati.
HORUN (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, Muso(as)ning akasi. Alloh
taolo Muso (as)ni payg‘ambar etib, unga Fir’avnni da’vat qilish mas’uliyatini yuklaydi.
Fir’avndek zolim podshoga ro‘baro‘ bo‘lib uni imonga, hidoyatga da’vat etish kishidan
shijoat va kuchli iroda talab qilar edi. Muso (as) biroz tezroq va duduqlanibroq gapirar
edilar. Shu bois, Muso (as) Parvardigorga tazarru ila duo qilib, bu mas’uliyatli va og‘ir
vazifani ado etishda o‘ziga akasi H.ni yordamchi qilib berishni so‘raydi. Qur’onda
yozilishicha, nihoyatda fasohatli va ta’sirli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan X-mas’uliyatli
va og‘ir vazifani ado etishda Muso (as)ga yordamchi qilib beriladi (Toho surasi 25-36-
oyatlar). Aka-uka Fir’avnni hidoyat yo‘liga da’vat etadilar. Ammo Fir’avn Allohning birligi
va borligini e’tirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. O’zini xudo deb bilgan Fir’avnni Alloh
g‘arq etib halok qiladi.