Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
HUJJA (ko‘pligi hujaj, "dalil", "isbot", "dalil keltirish") - kalom, falsafa, lochika 
(sinonimlari dalil, burhon) va fiqhda (sinonimlari bayyina, shahoda, iqror) keng 
ishlatiladigan istiloh. Qur’onda bir necha bor faqat Allohgana ishonchli dalillarga ega 
ekanligi uqtirilgan (6:83, 149/150), insonlarni Allohga qarshi vajlari Uning nigohlari 
oldida hech qanday ahamiyatga ega emas (42:15/14; 45:25/24). Hujjat al-islom 
("Islomning isboti") iborasi yuqori martabali ilohiyotchilarning faxriy unvoniga aylangan. 
Bu unvonga dastlab al-G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Hoz. shialik olamida 
(avvalambor Eron, Iroqda) H. al-i. unvoni oyat Alloh al-uzmo ("Allohning eng buyuk 
ishorasi") va marja’ at-taqlid ("Taqlid qilish manbasi") unvonlari qatorida eng baland 
martabali mujtahid - oyatullohdarga beriladi (yana q. Hujjat al-islom). 
HUJJAT al-ISLOM (arab. - islom hujjati, islomning isboti mazmunida) - o‘rta asrlarda 
ba’zi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qo‘llanilmay 
ketgan, lekin shialik ulamolari o‘rtasida rasmiy unvon sifatida ba’zi mamlakatlarda 
(Eron, Iroq) saqlanib kelmoqda. H. al-i. unvoni Oyatulloh unvonidan quyi mavqeda 
turadi. Bu unvonga ilk bor imom G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Safaviylar 
davrida Eronda H. al-i. unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. H. al-i. sohiblari odatda 
shialarning muqaddas shaharlari (Karbalo, Najaf va b.)da yashagan.
 
HULMONIYLAR, al-Hulmoniya - Abu Hulmon al-Forisiy al-Xalabiy (taxm. 950 y. 
Damashqda v.e.) tarafdorlari. Dastlab Damashqda paydo bo‘lgan. H.ni so’fiylar qatoriga 
qo‘shishgan, ular panteizmning yorqin aks etgan estetik shaklini targ‘ib etganlar. Ular bu 
dunyoda go‘zallikning har qanday ko‘rinishi ilohiy mujassamotdir deb hisoblashgan. Har 
qanday go‘zal deb topilgan narsaga ular sajda qilishgan. Aqoid olimlari ularni Allohni 
muayyan narsalar va shaxslar bilan o‘xshatishda (hulul), shariat ko‘rsatmalariga 
nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishda (ibohiya), ruhlarni ko‘chib yurishini e’tirof 
etishda ayblaganlar. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin